Namangan viloyati Pop tumanidagi 77 ta mahalla fuqarolar yig‘inini bog‘lab turadigan avtomobil yo‘llarining umumiy uzunligi 1395,6 kilometrni tashkil qiladi. Ushbu yo‘llarni soz holatga keltirish, avtomobillar va yo‘lovchilar qatnovini qulaylashtirish maqsadida joriy yilda 370,6 kilometr qismiga asfalt yotqizildi, 5,9 kilometr yo‘l betonlashtirildi.
Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan Respublika ishchi guruhi, Xalq qabulxonalari boshchiligida mamlakatimizning barcha viloyatlarida keng ko‘lamli bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda.
Mamlakatimizda olib borilayotgan keng ko‘lamli islohotlar natijasida chekka hududlar ham o‘z qiyofasini yangilamoqda. Yaqin ikki-uch oy ichida Sayxunobod tumanida beshta mahalla shahar tusiga kirdi. Buni birgina olis Yangi hayot mahallasida qilingan ishlar misolida ham ko‘rish mumkin.
Jamiyatda insonni nima eng ko‘p mamnun qiladi?! Oilaviy xotirjamlik va farovon hududda umrguzaronlik! Aytish joizki, yurtimizning eng chekka hududlarida joylashgan aholi manzillarida tabiiy gaz, elektr energiyasi, toza ichimlik suvi ta’minoti kabi masalalarda uzoq yillar davomida yig‘ilib qolgan muammolar mavjud edi.
Davlatimiz rahbari topshirigʻiga asosan “Obod xonadon - obod koʻcha - obod mahalla” mezonlarini joriy etish boʻyicha respublikamizning 56 mahallasida keng koʻlamli bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda.
Davlatimiz rahbari topshirig‘iga asosan respublikamizning barcha viloyatlarida “Obod xonadon - obod ko‘cha - obod mahalla” mezonlarini joriy etish bo‘yicha keng ko‘lamdagi bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda.
Yaqinda qabul qilingan "O‘zbekiston – 2030" strategiyasi kelgusi yetti yilga mo‘ljallangan, rivojlanishimizga xizmat qiladigan muhim hujjat bo‘ldi. Unda barcha soha va yo‘nalishlarda bir qator ustuvor maqsad-vazifalar o‘z aksini topgan.
Shuningdek, 4 nafarini oylik ish haqidan jarimaga, 8 nafari “hayfsan” intizomiy jazosiga tortilishi belgilandi.
Davlatimiz rahbari topshirigʻiga asosan tuzilgan Respublika ishchi guruhi faoliyatining yana bir muhim yoʻnalishi joylarda mahalla infratuzilmasi, ijtimoiy soha obyektlari, taʼlim va tibbiyot muassasalarining qish mavsumiga tayyorgarlik holatini oʻrganish va aniqlangan kamchiliklarni joyida bartaraf etishdir.
Aholi turmush darajasini yaxshilash, ularning doimiy daromad manbasini yaratish, “Obod xonadon”, “Obod ko‘cha” va “Obod mahalla” dasturlari ijrosini ta’minlash maqsadida Jizzax viloyatining Do‘stlik tumani “Sanoatchilar” mahalla fuqarolar yig‘inida bir qator xayrli ishlar amalga oshirilmoqda.
Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
---|---|---|---|---|
Иш ҳақи, устама ҳақ ва қўшимча тўловларни ҳисоблаш ва тўлаш | Ишонч телефони | 1 Avgust 2024 | 14 Avgust 2024 | Andijon viloyati |
Ишдан бўшатилганда якуний ҳисоб-китоб пуларининг тўланиши | Ишонч телефони | 1 Iyul 2024 | 19 Iyul 2024 | Jizzax viloyati |
Электр энергияси таъминотидаги узилишлар | Ишонч телефони | 28 Iyun 2024 | 19 Iyul 2024 | Sirdaryo viloyati |
Суғурта фаолияти | Президент почтаси | 19 Sentabr 2024 | 27 Sentabr 2024 | Farg`ona viloyati |