2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Obodlikka yuz tutayotgan manzillar

Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan Respublika ishchi guruhi, Xalq qabulxonalari boshchiligida mamlakatimizning barcha viloyatlarida keng ko‘lamli bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda.

Xususan, ana shunday manzillardan biri Surxondaryo viloyatidir. “Obod xonadon – obod ko‘cha – obod mahalla” mezonlariga ko‘ra viloyatning eng olis va chekka hududlari hisoblangan Boysun tumanidagi “Duoba”, Sho‘rchi tumanidagi “Xushchekka”, Muzrabot tumanidagi “Bog‘i eram” hamda Uzun tumanidagi “Yangi yo‘l” mahallalarida bunyodkorlik ishlari amalga oshirilmoqda.

Hozirda ushbu MFYlarda 2526 ta xo‘jalik mavjud bo‘lib, ularning har biri Respublika ishchi guruhi mas’ullari tomonidan o‘rganildi. Aniqlangan muammolar asosida mahalla kesimida “Yo‘l xaritalari” tuzildi va kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha ishlar boshlab yuborildi.

Jumladan, mahalla infratuzilmasini yaxshilash maqsadida 25 ta ko‘chada “Obod xonadon – obod ko‘cha – obod mahalla” mezonlarini joriy etish bo‘yicha qator ishlar amalga oshirildi. Xususan, 2,8 km asfalt, 57,1 km yo‘l shag‘al, 808 m2 piyodalar yo‘lagi barpo etildi. 2 km uzunlikdagi yangi elektr tarmog‘i tortildi, 2 ta yangi transformator o‘rnatilib, 12 tasi ta’mirlandi, 112 ta simyog‘och ustunlarni beton ustunlarga almashtirildi, 101 ta yangi qo‘shimcha temir-beton ustunlar o‘rnatildi. 5,7 km uzunlikdagi yangi ichimlik suvi tarmog‘ini tortildi.

Aholi murojaatiga ko‘ra 712 ta xonadonga qo‘shimcha 259 tonna ko‘mir, 353 ta xo‘jalikka suyultirilgan gaz ballonlarini yetkazib berildi.

O‘ta og‘ir sharoitda yashayotgan, uy-joyi ta’mirtalab bo‘lgan 297 ta oilaning turar joylari bepul joriy va kapital ta’mirlab berildi. Ijtimoiy himoyagi muhtoj, “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”dagi 53 nafar fuqaroga 119 mln. so‘mlik turli yordamlar ko‘rsatildi.

Bundan tashqari, 71 nafar fuqaroga 728 mln. so‘m imtiyozli kredit, 29 nafarga 116 mln. so‘mlik subsidiya olishiga ko‘maklashildi.

Aholi salomatligini yaxshilash maqsadida 2887 nafar shaxs tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi. Ko‘rik natijasiga ko‘ra ularning 36 nafariga davolanish uchun order berildi. Jismoniy imkoniyatlari cheklangan 5 nafar fuqaroga nogironlik aravachasi, 94 nafariga bepul dori-darmon vositalari, 8 nafariga tikuv mashinasi va 3 nafar fuqaroga asbob uskunalar va mehnat qurollari olib berildi.

Mahallalarda ma’naviy-ma’rifiy muhitni yaxshilash maqsadida joylarda 745 ta turli tadbirlar tashkil etildi. Jumladan, kitobxonlikni targ‘ib qilish tadbirlari, sport musobaqalari, “Uch avlod uchrashuvlari”, madaniy tadbirlar va h.k.

Respublika ishchi guruhi faoliyati davom etmoqda.

13.10.2023

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратишПрезидент почтаси6 May 202418 Sentabr 2024Navoiy viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикасиВеб-сайт13 Fevral 202427 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИВеб-сайт29 Aprel 20242 May 2024Toshkent viloyati

Foydali resurslar