Shuningdek, 4 nafarini oylik ish haqidan jarimaga, 8 nafari “hayfsan” intizomiy jazosiga tortilishi belgilandi.
Surxndaryo viloyat hokimi Ulugʻbek Qosimov rahbarligida sektorlar, hokim oʻrinbosarlari, tashkilot va boshqarmalar rahbarlari hamda hududiy studiyalardan aloqador masʼullar ishtirokida qator masalalar muhokamasiga bagʻishlangan “Hokimlik soati” oʻtkazildi.
Bu haqda viloyat hokimligi Matbuot xizmati xabar bermoqda.
Yigʻilishda ijro intizomi, fuqarolar murojaatlari ijrosi, ijtimoiy soha obyektlarini kuz-qish mavsumiga tayyorlash, kommunal toʻlovlarni undirish masalalari hamda jurnalist va blogerlar tomonidan koʻtarib chiqilayotgan joylardagi muammo va murojaatlar ijrosi tahlil qilindi. Har bir masala yuzasidan masʼullar hamda hududlar rahbarlarining hisoboti tinglandi.
Fuqarolar murojaatlari ijrosi hamda koʻtarilayotgan muammoli masalalarni hal etishda sustkashlikka yoʻl qoʻyayotgan, yuklatilgan vazifalarga befarqlik bilan qaragan viloyat va hududiy darajadagi rahbarlar hamda masʼullarning 14 nafarini egallab turgan vazifasidan ozod etish, 4 nafarini oylik ish haqidan jarimaga, 8 nafari “hayfsan” intizomiy jazosiga tortilishi belgilandi. Shuningdek, ayrim tumanlar hokimlari rasman ogohlantirildi.
Viloyat rahbari kun tartibidagi har bir masala yuzasidan aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, murojaatlar ijrosini qatʼiy nazorat ostida bajarilishini taʼminlash, ijtimoiy soha obyektlarini kuz-qish mavsumiga tayyorlash, markazlashgan isitish tizimini joriy etish ishlarini bir hafta muddatda yakuniga yetkazish yuzasidan topshiriqlarni belgilab berdi.
Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
---|---|---|---|---|
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуриш | Ишонч телефони | 17 Noyabr 2023 | 27 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозилик | Веб-сайт | 14 Fevral 2024 | 20 Fevral 2024 | Jizzax viloyati |
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикаси | Веб-сайт | 13 Fevral 2024 | 27 Fevral 2024 | Surxondaryo viloyati |
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИ | Веб-сайт | 29 Aprel 2024 | 2 May 2024 | Toshkent viloyati |