Yurtimizda xalq bilan ochiq muloqot qilish, aholining talab va takliflarini oʻrganish, ularning dardlarini tinglash, muammolarni imkon darajasida joyida hal etish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalari, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining Tadbirkorlar murojaatlarini koʻrib chiqish qabulxonalari, sektorlar rahbarlari va davlat organlarining muhim vazifalaridan biri hisoblanadi.
Jizzax viloyatining Zafarobod tumani markazidagi madaniyat saroyida yuqoridagi tashkilotlarning navbatdagi sayyor qabuli boʻlib oʻtdi. Unda tumanda yashovchi fuqarolardan xalq qabulxonalariga, viloyat, tuman hokimliklariga va boshqa davlat tashkilotlariga kelib tushgan murojaatlar va bevosita qabulga tashrif buyurgan aholining muammolari oʻrganildi.
— Bundan bir necha yillar oldin koʻchamiz qishda loy, yozda chang, tuproq boʻlgani uchun aholi murojaatiga asosan shagʻal toʻkilgan edi, u ish ham koʻchani bir qismida amalga oshirildi, qolgani bajarilmay qolib ketgan edi, — deydi tumanning “Nurafshon” qishloq fuqarolar yigʻini, Oqqoʻrgʻon koʻchasida yashovchi Zulxumor Azimova. — Shu masala boʻyicha sayyor qabulga keldim. Murojaatim viloyat hokimi tomonidan ijobiy qabul qilindi va bir kilometrlik koʻchamizga shagʻal yotqizish ishlariga koʻrsatma berildi. Biz bundan juda minnatdormiz.
Sayyor qabulda aholini qish mavsumida tabiiy va suyultirilgan gaz, elektr energiyasi, koʻmir mahsulotlari bilan taʼminlash, ichimlik suvini yetkazib berish, yangi ish oʻrinlarini yaratish, tadbirkorlikka toʻsiq boʻlayotgan muammolar va ularni bartaraf etish, yoʻllarning ahvoli, maktabgacha taʼlim muassasalari, tadbirkorlik uchun yer maydonlari ajratish, maishiy xizmat shoxobchalari uchun qurilish joylarini ajratish kabi masalalar boʻyicha 100 ga yaqin murojaatlar kelib tushdi va ularni bartaraf etish boʻyicha tegishli tashkilotlarga belgilangan muddatlar asosida topshiriqlar berildi va kelgusi sayyor qabulda mazkur masalalarga yana bir bor qaytilishi belgilab qoʻyildi.
Uchrashuv doirasida Jizzax viloyat hokimi Ergash Saliyev tomonidan tumandagi 24 nafar yoshlar sardorlariga 100 nomdagi kitoblar jamlanmasi sovgʻa qilindi.
Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
---|---|---|---|---|
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуриш | Ишонч телефони | 17 Noyabr 2023 | 27 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозилик | Веб-сайт | 14 Fevral 2024 | 20 Fevral 2024 | Jizzax viloyati |
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикаси | Веб-сайт | 13 Fevral 2024 | 27 Fevral 2024 | Surxondaryo viloyati |
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИ | Веб-сайт | 29 Aprel 2024 | 2 May 2024 | Toshkent viloyati |