2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Shahrim, mahallam, qishlog‘im obodligi – yurt obodligi, ko‘ngillar obodligi

Jizzax viloyatining shahar-u qishloqlarida Vatanimiz Mustaqilligining 27 yilligiga bag‘ishlab boshlangan umumxalq hashariga hamyurtlarimiz shu ezgu niyat bilan otlanishdi.

Bu ko‘tarinkilik “Obod qishloq” dasturi asosida tub o‘zgarishlar, yangilanishlar amalga oshirilayotgan Mirzacho‘l tumanidagi “G‘alaba” mahallasida hasharning katta ko‘tarinkilik va tashabbuskorlik bilan boshlanganida yaqqol namoyon bo‘ldi.

Mahallada yangi qurilayotgan uylar, boshqa inshootlar erta tongdan hasharga chiqqanlar bilan gavjum bo‘ldi. Dastlabki hisoblashlarga ko‘ra, hasharda 2 ming 200 nafardan ziyod kishi qatnashayotir. Ularning aksariyati yoshlar.

Mahalla aholisi davlatimizning xalq manfaatini ko‘zlab amalga oshirayotgan ishlari samarasini turmush tarzining yaxshilanishida, mahallasining obodligida ko‘rib turibdi. Bu yangilanish baraklarda yashab kelgan 260 xonadonga mo‘ljallab bunyod etilayotgan yangi uylar, qirq yildan buyon hatto bo‘yoq ko‘rmagan 36 ta ko‘p qavatli uyning to‘liq ta’mirlanishi, 17,5 kilometr uzunlikdagi elektr, 11 kilometr ichimlik suvi tarmog‘ining tortilishi, 2,3 kilometr piyodalar yo‘lagi qurilishi va yana ko‘plab bunyodkorlik ishlari misolida amalga oshdi.

– “Obod qishloq” dasturi asosida “G‘alabada” ishlayapmiz, – deydi “Sabina biznes” mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari Marat Hamidov. – Hozirgacha mahalladagi ko‘p tarmoqli poliklinika qurilishida 3,5 milliard so‘mlikdan ziyod ish bajardik. Inshoot Mustaqillik bayrami arafasida foydalanishga topshiriladi. 200 kishilik jamoamiz bilan umumhalq hasharida faol ishtirok etmoqdamiz. 

Umumxalq hashari viloyatning barcha hududlarida ko‘tarinkilik bilan boshlanganini “Mahalla” xayriya jamoat fondi viloyat bo‘limida tashkil etilgan hashar shtabiga kelib turgan tezkor ma’lumotlardan ham bilish mumkin.

Masalan, Jizzax shahrida hasharning birinchi kuni ertalab soat 9:00 gacha 58 mingdan ziyod kishi, shu jumladan, 14 mingdan ortiq yoshlar o‘z ish, o‘qish joylarida, mahallalarda mehnat qildi. Tozalash, obodonlashtirish ishlarida yuzga yaqin texnika vositalari jalb etilgan.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, viloyatda 679 ming 200 dan ortiq kishi hasharda qatnashmoqda. Ularning 442 ming 800 nafari yoshlardir.

Hashar kunlari 763 gektardan ziyod maydonda obodonlashtirish, 138 ta ziyoratgoh va 448 ta qabristonni tartibga keltirish mo‘ljallanmoqda.

An’anaga ko‘ra, bu galgi xayriya hashari kunlarida xayriya, urush va mehnat fronti faxriylari, keksa va nogironlar, yolg‘iz qariyalar, boquvchisini yo‘qotgan, kam ta’minlangan oilalarning turar-joylarini ta’mirlab berish kabi savob ishlar amalga oshiriladi. Nochor fuqarolarga moddiy yordam ko‘rsatiladi.

T. Beknazarov, O‘zA

18.08.2018

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратишПрезидент почтаси6 May 202418 Sentabr 2024Navoiy viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикасиВеб-сайт13 Fevral 202427 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИВеб-сайт29 Aprel 20242 May 2024Toshkent viloyati

Foydali resurslar