Nukus shahri “Jiydeli Baysin” mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi 14 gektar yer maydonida zamonaviy gidroponika usulida issiqxona majmuasi quriladi. Qurilish yakuni bilan 200 nafar ishsiz fuqarolar ish bilan ta’minlanadi va ular “temir daftar”dan chiqariladi.
Bu haqida shahar hokimi Utemurat Panayev Xalq deputatlari Nukus shahri kengashining navbatdagi sessiyasida ma’lum qildi.
Hokimning ma’lum qilishicha, Prezidentimizning 2020 yil 2 oktyabr kuni Qoraqalpog‘istonga tashrifi chog‘ida tasdiqlangan investitsiya dasturiga muvofiq 2020-2022 yillarda Nukus shahrida umumiy qiymati 882,6 milliard so‘mlik 1 ming 639 ta yangi ish o‘rni yaratuvchi 181ta loyihalarni amalga oshirish rejalashtirilgan. Ushbu investitsion mablag‘lar hisobidan «BIO ECO AGRO IMPEKS» (“MYUNGSONG PLACON CO. Ltd”) MCHJning umumiy miqdori 50 milliard 400 million so‘m (5,0 mln dollar xorijiy investitsiya asosida) bo‘lgan 200 ta yangi ish o‘rnini yaratadigan «zamonaviy gidroponika usulida issiqxona majmuasini qurish» ham loyihalashtirilgan.
Shahar aholisining 4,7 foizi kambag‘al oilalar hisoblanib, pandemiya sharoitida 5 ming 767 oilalar “temir daftar”ga kiritilgan. Shahardagi xayr-saxovat ko‘rsatuvchi tadbirkorlar va shaxsiy tashabbuslari bilan yordam ko‘rsatgan tashkilotlar tomonidan olib borilgan ijobiy ishlar natijasida jami 4 ming 540 oilalar “temir daftar”dan chiqarilgan. bugungi kunda “temir daftar”da 1 ming 227, ya’ni, shahar aholisining 1,6 foizi davlat yordamiga muhtoj kambag‘al oilalar hisobida turadi.
Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
---|---|---|---|---|
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуриш | Ишонч телефони | 17 Noyabr 2023 | 27 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозилик | Веб-сайт | 14 Fevral 2024 | 20 Fevral 2024 | Jizzax viloyati |
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикаси | Веб-сайт | 13 Fevral 2024 | 27 Fevral 2024 | Surxondaryo viloyati |
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИ | Веб-сайт | 29 Aprel 2024 | 2 May 2024 | Toshkent viloyati |