2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Chinozda yana bir obod qishloq bunyod etildi

Chinoz tumanida «Obod qishloq» dasturi doirasida qayta bunyod etilgan “Eshonobod” mahallasi markazining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda viloyat va tuman hokimligi mutasaddilari, Rossiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston davlatlari elchilari, mamlakatimiz diplomatiya xizmati xodimlari, jamoatchilik va OAV vakillari ishtirok etishdi.

Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar samarasi tarzida qayta chiroy ochgan qishloqda aholiga madaniy-maishiy xizmat ko‘rsatish tarmog‘i, tikuvchilik korxonasi, zamonaviy ilm maskanlari, kutubxona, stadion, sport zallari, istirohat bog‘i, IIBning hududiy tayanch shoxobchasi kabi o‘nlab zamonaviy binolar qad rostladi.

Turli millat vakillari istiqomat qiluvchi «Eshonobod» mahallasi bugun tanib bo‘lmas darajada o‘zgardi. Obod qishloq ko‘chalari, ko‘rkam hovlilarga monand tarzda umumiy o‘rta ta’lim va MTM maskanlari, aholiga xizmat ko‘rsatish shoxobchalari ishga tushirildi.

 —Chekka bir qishloqda bunday obodonchiliklar amalga oshirilgani kishini benihoya mamnun etadi,-deydi Rossiyaning O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Vladimir Tyurdenev. — Zamonaviy maktab binosining yangi o‘quv qo‘llanmalari va darsliklar bilan ta’minlangani, o‘quvchilardagi bilim olishga bo‘lgan intilishlar, jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish asosida ish olib borayotgan turli sog‘lomlashtirish to‘garaklari kishi havasini keltiradi. Ochig‘i, sport mashg‘ulotlari o‘tkazishga ixtisoslashgan bunday zamonaviy binolarni hamma joyda ham topib bo‘lmaydi. O‘quvchilar bilan suhbatda ularning rus tilini mukammal o‘rganishga bo‘lgan intilishlarini ko‘rib bag‘oyat mamnun bo‘ldim. Dars jadvallarida haftasiga 2 soat rus tili darsi o‘tilayotgan bo‘lsa-da, bolalarning rus adabiyotini muntazam o‘qib-o‘rganishi, shu tilьda mustaqil o‘zaro muloqot qilishi natijasida ancha biyron so‘zlashmoqda. Bu ta’lim tizimi borasida olib borilayotgan islohotlar samarasidir.

— O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev amalga oshirayotgan islohotlarda to‘liq o‘z aksini topgan «Obod qishloq» dasturi doirasida bu erda amalga oshirilgan bunyodkorliklar har qanday kishini hayajonga soladi. “Eshonobod”da o‘zbek, rus, tojik, qozoq, qirg‘iz millatlarining o‘zaro hamjihat, bir oila a’zolaridek yashayotgani bizni juda xursand qildi, — deydi Tojikiston Respublikasining O‘zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Sodiq Imomiy. — Aholi bandligini ta’minlash borasida ishga tushirilgan korxonalar albatta yaqin kelajakda bu qishloq iqtisodiyotini yanada yuksaltiradi. Ta’lim, madaniyat va sportni rivojlantirish uchun qurilgan inshootlar yosh avlodni barkamol tarbiyalashga yo‘naltirilgani bilan ahamiyatlidir.

Darhaqiqat eshonobodliklar bugun «Obod qishloq» dasturi doirasida barpo etilgan shinam uy-joylarda istiqomat qilmoqda. Har qadamda bunyodkorlik natijalari  ko‘zga tashlanayotir.

— Muhtaram Prezidentimiz tashabbuslari bilan olib borilayotgan islohotlarda odamlar turmush madaniyatini yuksaltirish bosh vazifa qilib belgilangan,-deydi biz bilan suhbatda Respublika Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vaziri o‘rinbosari, O‘zbekiston Qahramoni Sobirjon Turdiev. — «Obod qishloq», «Obod mahalla», «Obod markaz» hamda investitsiya dasturlari barcha joylarda ijtimoiy muammolarni bartaraf etish, ravon yo‘llar qurish, jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish orqali aholi salomatligini tiklashda katta natijalar bermoqda.

“Eshonobod”ga oldin ham ko‘p bora tashrif buyurganman. Bugungi ko‘rib turgan ko‘rkam binolar o‘rnida tashlandiq va pastqam uylar joylashgandi. Ko‘chalar ta’mirtalab, aholi bandligini ta’minlash borasida talaygina muammolar mavjud edi. Bugun bu borada havas qilsa arzigulik ishlar qilinganligiga guvoh bo‘lib turibmiz. MTM va maktab binolari, MFY zamonaviy ko‘rinishga ega bo‘ldi. 3-sektor hamda Davlat xizmatlari ko‘rsatish bo‘limi, aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish markazi faoliyatining yo‘lga qo‘yilishi qishloq aholisini nihoyatda mamnun etmoqda. Bu qishloqning ko‘p millatli aholisi doimo o‘zining mehr-oqibatliligi bilan nom chiqarib kelgan. Kam ta’minlangan va ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarning muammolari oqsoqollar davrasida echim topadi. Hech kim kamchiligini ro‘kach qilib idorama-idora chopmaydi. Bu ham ibratli bir turmush tarzi hisoblanadi.

“Eshonobod”da foydalanishga topshirilgan “Xo‘jakent tekstilь grupp” MChJ 500 nafar qishloq ayollarini ish bilan ta’minladi. Bu erdagi chevarlar uch oy davomida maxsus kurslarda Mehnat birjasi tomonidan ajratilgan subsidiyalar asosida o‘qitilib, noyob mutaxassislikni egallashdi. Endi esa, bejirim kiyim-boshlar tikishmoqda. Turkiya, Germaniya, Yaponiya kabi ilg‘or davlatlar texnologiyasi asosida ishlab chiqarilayotgan 10 turdan oshiq mahsulotlar ichki va tashqi bozorga taqdim etiladi. Bularning barchasi eshonobodliklar turmush madaniyati yuksalayotganidan dalolatdir.

16.12.2020

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратишПрезидент почтаси6 May 202418 Sentabr 2024Navoiy viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикасиВеб-сайт13 Fevral 202427 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИВеб-сайт29 Aprel 20242 May 2024Toshkent viloyati

Foydali resurslar