O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Qoraqalpog'iston Respublikasidagi qabulxonasi tashabbusi bilan Nukus shahrida Qoraqalpog'iston Respublikasining 4 sektor va mas'ul idoralar rahbarlarining sayyor qabuli bo'lib o'tdi.
Sayyor qabulga Qoraqalpog'iston Respublikasi Ichki ishlar vaziri polkovnik A.Temirxanov ishtirok etib 9 nafar fuqarolarning turli ijtimoiy masalalaridagi murojaatlari qabul qilindi. Murojaatlarning 4tasiga joyida tushuntirish berildi 4 murojaatchining arizasi olinib ijrosi nazoratga olingan bo'lsa 1 murojaat joyida ijobiy hal etildi.
Sayyor qabul doirasida yoshlar bilan uchrashuv tashkillashtirildi uchrashuvda yoshlarining takliflari va muammolari tinglandi. «Temir daftar», «Yoshlar daftar»lariga ro'yxatga olingan fuqarolarga issiqxonalar ajratish, imtiyozlar kreditlar berish, tadbirkorlik bilan shug'ullanishlari uchun er ajratish masalalari ko'tarildi.
Uchrashuv davomida yoshlar tomonidan berilgan savollarga atroflicha javoblar berildi.
Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
---|---|---|---|---|
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуриш | Ишонч телефони | 17 Noyabr 2023 | 27 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозилик | Веб-сайт | 14 Fevral 2024 | 20 Fevral 2024 | Jizzax viloyati |
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикаси | Веб-сайт | 13 Fevral 2024 | 27 Fevral 2024 | Surxondaryo viloyati |
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИ | Веб-сайт | 29 Aprel 2024 | 2 May 2024 | Toshkent viloyati |