Namangan viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi Shavkat Abdurazzoqov Yangi yilning ilk kunlaridagi faoliyatini xalq bilan muloqot qilishdan boshladi.
Viloyat rahbari tegishli tashkilotlar va sektorlar mutasaddilari hamrohligida Uychi tumanidagi Ovchibuloq mahallasiga bordi.
Aytish kerakki, 668 xonadonda 4 ming 500dan ziyod aholi istiqomat qilayotgan Ovchibuloqda odamlar asosan dehqonchilik, hunarmandlik, tadbirkorlik va savdo-sotiq bilan shug‘ullanib kelishadi.
— Kichik sanoat zonasi joylashadigan Ovchibuloq - eng obod mahallaga aylanishi kerak, — dedi hudud bilan tanishgan Shavkat Abdurazzoqov. — Uch oylik dastur tayyorlanib, mahalla infratuzilmasi yaxshilanishi, hududda joylashgan maktab, shifoxonada zarur shart-sharoitlarni hozirla, bolalar bog‘chasi, mahalla fuqarolar yig‘ini uchun zamonaviy bino qurilishi, yo‘l, suv, elektr masalalaridagi muammolar yechilishi, tungi yoritish chiroqlari bo‘lishi kerak. Kichik sanoat zonasida yaratiladigan ish o‘rinlariga eng avvalo, mahalliy aholi qabul qilinishi, buning uchun hozirdan aniq buyurtmalar shakllantirilishi lozim.
Viloyat rahbari uyma-uy yurib, xonadonlarda tomorqadan samarali foydalanish, qishki mavsumga tayyorgarlik bilan qiziqdi. Odamlarni Yangi yil bayrami bilan tabriklab, Prezidentimizning Oliy Majlisga Murojaatnomasida aholi farovonligi va roziligini ta’minlash bo‘yicha muhim vazifalar belgilanganligiga e’tibor qaratdi.
“Ko‘rkam” ko‘chasida yashovchi Avazxon Jabborov, Alisher Qodiraliyev, Obidjon Nuriddinovlarga tomorqadan unumli foydalanish yuzasidan foydali tavsiyalarini berdi.
O‘rganish natijasi o‘laroq yoqilg‘iga ehtiyoji mavjud mehnat faxriysi Manzura Ubaydullayevaning xonadoniga ko‘mir yetkazib beriladigan bo‘ldi.
Churtuk mahallasida istiqomat qilayotgan Dilorom Obidova savdo yo‘nalishidagi faoliyatini kengaytirish uchun kredit olish masalasida murojaat qildi. Mehnat faxriysi Haydarjon Sodiqovning svetafor o‘rnatish, qabristonlarni obodonlashtirish, avtobus qatnovini yo‘lga qo‘yish kabi masalalardagi murojaati bo‘yicha mutasaddi tashkilotlarning rahbarlariga tegishli topshiriqlar berildi.
O‘rganish davomida mahalladagi ehtiyojmand, kam ta’minlangan oilalarga oziq-ovqat mahsulotlari topshirildi.
Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
---|---|---|---|---|
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуриш | Ишонч телефони | 17 Noyabr 2023 | 27 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозилик | Веб-сайт | 14 Fevral 2024 | 20 Fevral 2024 | Jizzax viloyati |
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикаси | Веб-сайт | 13 Fevral 2024 | 27 Fevral 2024 | Surxondaryo viloyati |
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИ | Веб-сайт | 29 Aprel 2024 | 2 May 2024 | Toshkent viloyati |