2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Viloyat hokimi "Bir kunda bir xonadon a’zolarining salomatlik holatini o‘rganish” bo‘yicha ish tashkil etishni taklif qildi

Andijon viloyati hokimi Shuhratbek Abdurahmonov tuman va shaharlardagi poliklinika va oilaviy poliklinikalarda ish olib borayotgan shifokor hamda hamshiralar bilan muloqot o‘tkazdi.

Bevosita hamda tuman va shaharlar bilan onlayn tarzda tashkil etilgan ushbu muloqotda viloyatdagi bir ming nafardan ortiq oila shifokori, 3 ming nafardan ziyod hamshira ishtirok etdi.

Viloyat hokimi muloqotda Davlatimiz rahbarining tashabbusi bilan 2021 yil mamlakatimizda “Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili" deb e’lon qilinganligi, bu tibbiyot xodimlari zimmasiga ulkan mas’uliyat yuklashi, aholining tibbiyot sohasidan roziligiga erishish uchun sohada yangicha uslubda ish tashkil etish zarurligini ta’kidladi. Bu borada taklif, fikr va mulohazalar bildirdi.

Jumladan, viloyat hokimi “Soha xodimlari o‘z hududidagi har bir oilaning eng yaqin insoniga, kerak bo‘lsa shu oila a’zosidek, ularning qadrdoniga aylanishi muhim shartlardan biridir” dedi. Shifokorlar o‘z faoliyatida kutilgan samara va natijadorlikka erishishi uchun "Bir kunda bir xonadon a’zolarining salomatlik holatini o‘rganish" bo‘yicha ish tashkil etishni taklif qildi.

Mazkur jarayonda mutaxassislarning xonadonda sog‘lom turmush tarzi targ‘ibotini olib borishi, oila a’zolarining qon bosimi, qonidagi qand miqdori, umuman, salomatlik holati ko‘rsatkichlarini tekshirib, o‘rganib, bu bo‘yicha barcha ma’lumotlarni tizimga onlayn tarzda joylab borishi ijobiy natijalarga erishishda muhim omil bo‘lishini alohida qayd etdi.

Shuningdek, huddudlardagi birlamchi tibbiy va sanitariya muassasalari faoliyati atroflicha o‘rganib chiqilishi, ular zarur tibbiy asbob-uskunalar bilan ta’minlanishi, shuningdek, salomatlik posbonlarining samarali ish yuritishi, o‘z vazifasiga mas’uliyat bilan yondashishlari uchun barcha sharoitlar yaratib berilishini aytib o‘tdi.

Muloqot davomida viloyat hokimi aholi sog‘lig‘ini avaylab-asrashga mas’uliyat bilan yondashish, hamjihatlikda ish yuritish muhim ekanligini aytib o‘tdi. Shu bilan birga, bo‘lajak shifokor va hamshirlar biriktirilgan oilaviy poliklinikalarda amaliyot o‘tashi uchun zarur barcha sharoitlar yaratib berilishiga alohida e’tibor qaratdi. Bu borada tibbiyot muassasalari, tibbiyot instituti rektori hamda tibbiyot kollejlari rahbarlariga tegishli tavsiyalar berdi.

Muloqot ishtirokchilari viloyat hokimining tashabbus va takliflarini qo‘llab-quvvatlab, aholi salomatligini mustahkamlash, fuqarolarning tibbiyot sohasi xizmati va xodimlaridan roziligini ta’minlashga qaratilgan zarur ishlarni olib borish bo‘yicha taklif, fikr va mulohazalar bildirdi.

06.01.2021

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратишПрезидент почтаси6 May 202418 Sentabr 2024Navoiy viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикасиВеб-сайт13 Fevral 202427 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИВеб-сайт29 Aprel 20242 May 2024Toshkent viloyati

Foydali resurslar