2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Vazir o‘rinbosari fuqarolar bilan uchrashdi va muammolarga ijobiy yechim topildi

Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vaziri o‘rinbosari Botir Parpiyev Samarqand viloyatining Bulung‘ur, Jomboy va Ishtixon tumanlaridagi bir qator mahallalarda bo‘lib, aholi bilan uchrashuvlar o‘tkazdi.

Bulung‘ur tumani «Avliyo Parpi» mahallasi fuqarolari bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuv davomida yo‘llarni ta’mirlash, aholini uzluksiz suyultirilgan gaz bilan ta’minlash, tijorat banklaridan kredit olishda ko‘maklashish, xususan, mahalla hududida joylashgan 160 o‘ringa mo‘ljallangan 67-umumta’lim maktabiga sport zali qurish, «Mullato‘p» qishlog‘idagi 700 metrlik ichki yo‘llarni ta’mirlash, mahalladagi 422 ta xonadonni suyultirilgan gaz bilan ta’minlash,«Ayollar daftari»ga kiritilgan 10 nafar ayol va «Yoshlar daftari»ga kiritilgan 11 nafar kredit olish istagida bo‘lgan yoshlarga zarur ko‘mak berish kabi masalalarni ijobiy hal etish bo‘yicha mas’ullarga zarur ko‘rsatmalar berib o‘tildi.

Tumandagi «Xo‘jamazgil» mahallasi fuqarolari bilan bo‘lgan uchrashuvlarda hududdagi umumta’lim maktabi binosi va mahallaning ichki yo‘llarini ta’mirlash, yangi maktabgacha ta’lim muassasasini qurish, aholini suyultirilgan gaz va ichimlik suvi bilan ta’minlash, yangi transformator va elektr sim yog‘ochlari o‘rnatish kabi bir qancha murojaatlar tinglanib, aniqlangan holatlar bo‘yicha mutasaddilarga vazifalar belgilab berildi.

Botir Parpiyevning tashabbusi bilan shu kunning o‘zida Bulung‘ur tumanidagi «Xo‘ja Mazgil» mahallasining Farmontepa, «Avliyo Parpi» mahallasining Avliyo Parpi qishloqlari, Jomboy tumanidagi «To‘qqizboy», «G‘azara», «Quduqli» va «Beshbola» mahallalari hududidagi jami 6 kilometr yo‘l mukammal ta’mirdan chiqarildi. Shuningdek, ushbu tumanlarda yashovchi ehtiyojmand oilalarga jami 1155 ta suyultirilgan gaz ballonlari tarqatildi.

Ishtixon tumanidagi «Toytuyoq», «Bo‘ronxo‘ja» va «Bog‘ixon» mahalla fuqarolar yig‘inlari aholisi bilan bo‘lgan yuzma-yuz uchrashuvlarda xalqni qiynayotgan muammolar, yechimini kutayotgan masalalarga e’tibor qaratildi. Jumladan, «Toytuyoq»mahallasi aholisi tomonidan «Oqdaryo» suv omboridagi suv sathining bahor oylarida ko‘tarilishi natijasida aholi qatnov yo‘lining to‘silib qolishi odamlarga katta qiyinchilik tug‘dirayotgani, ayniqsa, bu muammo sababli o‘quvchilar maktabga borishga qiynalayotgani aytib o‘tildi. Suhbat davomida yuqoridagi muammolarni bartaraf etish yuzasidan mas’ullarga topshiriqlar berildi.Shu bilan birga shu kunning o‘zida mahalladagi 500 metrli yaroqsiz ko‘cha ta’mirlandi.

«Bog‘ixon» va»Bo‘ronxo‘ja» mahallasida aholi bilan bo‘lgan yuzma yuz muloqot davomida odamlarni qiynayotgan bir qator muammolar atroflicha o‘rganilib, ijobiy hal etish choralari ko‘rildi.Jumladan, «Bog‘ixon» mahallasidagi 2 kilometr, «Bo‘ronxo‘ja»mahallasidagi 1,2 kilometrli ichki yo‘llarga tosh yotqizilib ta’mirlandi. Aholi murojaatlari asosida «Bog‘ixon» hamda «Toytuyoq» mahallalarida malakali shifokorlar ishtirokida jami 93 nafar fuqaro chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi va kasallik aniqlangan bemorlarga statsionar va ambulator sharoitda tibbiy xizmat ko‘rsatish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.

Vazir o‘rinbosari B. Parpiyev rahbarligidagi respublika Ishchi guruhi tomonidan bugun Pastdarg‘om tumani olib borilgan o‘rganishlar davomida «Paxtakor» mahallasidagi «Yangi hayot» mavzesidagi ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar uchun mo‘ljallangan uyda yashovchi fuqarolar — Ochiltosh Ataullayeva, Mavjuda Eshnazarova, Shoira Safarova, Kamola Jo‘rayevalarning har biriga tikuv mashinalari va 2 ta televizor taqdim etildi. Shuningdek, «Beklar» mahallasidagi «Temir daftar»ga kiritilgan fuqaro Shahnoza Boltayevaning xonadoni uchun 1,2 tonna ko‘mir ajratildi.

Aholi muammolarini aniqlash bo‘yicha o‘tkazilgan uchrashuvlar davomida berilgan takliflar asosida, bugunning o‘zida tumandagi «Kamolot» mahallasidagi 1,5 km ta’mirtalab ichki yo‘llarga 10 mashina shag‘al va tosh yotqizildi, «Torariq»mahallasidagi mavjud simyog‘ochlarning 2,5 km.lik qismiga elektr kabellar o‘rnatildi. Shu bilan birga «Xonchorbog‘» mahallasidagi106 taxonadondagi mavjud gaz ballonlari yangisiga almashtirib berildi.

11.01.2021

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратишПрезидент почтаси6 May 202418 Sentabr 2024Navoiy viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикасиВеб-сайт13 Fevral 202427 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИВеб-сайт29 Aprel 20242 May 2024Toshkent viloyati

Foydali resurslar