2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Davlat xizmatlari ko‘rsatish yanada takomillashadi

Nukusda “O‘zbekistonning qishloq joylarida davlat xizmatlarini ko‘rsatishni rivojlantirish va boshqaruv darajasini oshirish” loyihasi doirasida seminar-trening bo‘lib o‘tdi.

Davlat xizmatlari agentligi, Yevropa Ittifoqi va Birlashgan Millatlar Tashkiloti Taraqqiyot Dasturining O‘zbekistondagi vakolatxonasi hamkorligida o‘tkazilgan tadbirda Davlat xizmatlari agentligi Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasi, shahar va tumanlar davlat xizmatlari markazi xodimlari, shuningdek, davlat xizmatlarini ko‘rsatishda hamkor tashkilotlar vakillari ishtirok etdi.

Ishtirokchilar loyiha doirasida davlat xizmatlarini ko‘rsatishda vujudga kelayotgan muammoli vaziyatlarni bartaraf etish, ko‘rsatilayotgan xizmatlarni soddalashtirish bo‘yicha fikr va takliflarini bildirdi.

– Ushbu loyihaning asosiy maqsadi qishloq joylarda davlat xizmatlari ko‘rsatish sifatini yanada rivojlantirishdan iborat, – deydi Davlat xizmatlari agentligi Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i X.Nurimbetov. – Shuningdek, ushbu hududlarda istiqomat qiluvchi aholi uchun mazkur xizmatlardan foydalanishda qulayliklar yaratish va amaliyotda uchrashayotgan kamchiliklarni bartaraf etish muhim hisoblanadi.

Ta’kidlanganidek, mazkur seminar-trening davlat xizmatlari ko‘rsatish tizimining rivojiga, fuqarolarga, shu jumladan, chekka hudud aholisiga xizmat ko‘rsatish sifatini yanada yaxshilashga xizmat qilishi shubhasiz.

Tadbir ishtirokchilari o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar oldi.

31.01.2021

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратишПрезидент почтаси6 May 202418 Sentabr 2024Navoiy viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикасиВеб-сайт13 Fevral 202427 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИВеб-сайт29 Aprel 20242 May 2024Toshkent viloyati

Foydali resurslar