Surxondaryo viloyati hokimi To‘ra Bobolov, Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vaziri R.Mamatov vohaning eng olis, chekka, ko‘p millatli va chegara hududidagi mahallalarda bo‘lib, aholining ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini o‘rgandi.
Shunga muvofiq muhim muammolarni manzilli hamda tizimli bartaraf etish yuzasidan “yo‘l xarita”si ishlab chiqildi.
Joriy yil davomida amalga oshirilishi belgilangan “yo‘l xarita”sida fuqarolar yig‘inlari hududidagi ichki yo‘llarni ta’mirlash, ichimlik suvi, elektr, gaz, ko‘mir ta’minoti, obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar ishlab chiqildi. Jumladan, unda viloyatdagi 90 ta mahallada yashovchi aholining ichimlik suv bilan bog‘liq muammolarini to‘liq hal etish, 445 ta transformatorni joriy, mukammal ta’mirlash, yangisiga almashtirish 63 ta qo‘shimcha transformator o‘rnatish belgilangan. 4 ming 500 aholini qo‘shimcha gaz ballonlari bilan ta’minlash, 47 ta mahallada ta’mirtalab gaz ballonlariga servis xizmati ko‘rsatuvchi shoxobchalarni tashkil etish, aholi ehtiyojiga qarab, ko‘mir yetkazib berish rejalashtirilgan.
Xususiy sektor tomonidan 154 sartaroshxona, 150 savdo do‘koni, 106 ta dorixona, 61 ta hammom, 72 ta avtomobillarga xizmat ko‘rsatish nuqtasi, 96 ta poyafzal ta’mirlash ustaxonasi, 99 nonvoyxona 33 ta umumiy ovqatlanish nuqtasi barpo etish mo‘ljallangan. Internet va mobil aloqa xizmatlarini tubdan yaxshilash, xonadon va ko‘chalarni obodonlashtirish, ko‘kalamzorlashtirish, sog‘liqni saqlash, maktabgacha ta’lim sohalarida mavjud muammolarni bartaraf etishga e’tibor qaratilgan.
“Yo‘l xaritasi”dan shuningdek, mahallalarda ijtimoiy-ma’naviy muhitga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi oilalar bilan manzilli ishlash, huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olish, qishloq xo‘jaligi va aholi tomorqasidan foydalanishning samarali tizimini yaratish, ichki yo‘llarni ta’mirlash, aholi, xususan, xotin-qizlar va yoshlarni ish bilan ta’minlash kabi muhim masalalar ham keng o‘rin olgan.
Yangicha tizimda faoliyat yuritish jarayonida vohada davlat tashkiloti, idoralari rahbarlarining aholi muammolarini aniqlash va ijobiy hal etish bo‘yicha amalga oshirayotgan ishlari yuzasidan fuqarolar yig‘ini kengashida hisobotlarini tinglash tartibi yo‘lga qo‘yilmoqda. “Yo‘l xarita”ga kiritilgan bandlar bajarilishini o‘z vaqtida ta’minlashi hamda yo‘l qo‘ygan kamchiliklarini viloyat hokimining “Hokimlik soati” va xalq deputatlari viloyat kengashi sessiyalarida muhokama etish belgilangan.
Yurt obodligi va aholi farovonligiga xizmat qiladigan mazkur “yo‘l xarita” ijrosi doirasida hududlardagi ichki yo‘llarni ta’mirlash yuzasidan dastlabki ishlar boshlab yuborildi. Shu kunlarda Muzrabot tumanidagi Tong yulduzi, Yangi yer, Alpomish, Uzun tumanidagi Fayzobod, Angor tumanidagi Markaz, Chinobod, Yuqori Xo‘jaqiya mahallalari ko‘chalari tekislanib, qum-shag‘al yotqizilmoqda. Qiziriq va Sherobod tumanlarida ham “yo‘l xarita”ga kiritilgan hududlarning ichki yo‘llarini ta’mirlashga alohida e’tibor qaratilayotir.
“Yo‘l xarita”da belgilangan rejaga ko‘ra, joriy yilda viloyatdagi 865,5 kilometr ichki yo‘llarga shag‘al va tosh to‘kiladi. 107,3 kilometr ichki ko‘chalarga asfalt yotqizilib, keng, ravon yo‘llar barpo etiladi.
Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
---|---|---|---|---|
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуриш | Ишонч телефони | 17 Noyabr 2023 | 27 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозилик | Веб-сайт | 14 Fevral 2024 | 20 Fevral 2024 | Jizzax viloyati |
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикаси | Веб-сайт | 13 Fevral 2024 | 27 Fevral 2024 | Surxondaryo viloyati |
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИ | Веб-сайт | 29 Aprel 2024 | 2 May 2024 | Toshkent viloyati |