2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Inson qadri – ezgu qadriyat

Namangan viloyatida kam ta’minlangan va nogironligi bor xotin-qizlardan bir guruhiga bepul va imtiyozli kredit asosidagi arzon uy-joylarning kalitlari topshirildi.

Shu munosabat bilan To‘raqo‘rg‘on tumanida tashkil etilgan tadbirda davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, mehnat faxriylari, yoshlar hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi.

Tadbirda mamlakatimizda aholini ijtimoiy muhofaza qilish davlatimiz siyosatining ustuvor yo‘nalishi ekanligi, xususan, kam ta’minlangan va jismoniy imkoniyati cheklangan yurtdoshlarimizni moddiy va ma’naviy qo‘llab-quvvatlash, ularning jamiyatda o‘z o‘rnini topishi borasida izchil ishlar amalga oshirilayotgani ta’kidlandi.

– Ayniqsa, keyingi yillarda kam ta’minlangan oilalar, nogironligi bor kishilarni imtiyozli ravishda uy-joy bilan ta’minlash, jismoniy, aqliy imkoniyatiga yarasha mehnat bilan band bo‘lishi uchun sharoitlar yaratish borasida hech qaysi bir davlatda bo‘lmagan ishlar amalga oshirilmoqda, – deydi mehnat faxriysi D.Dadajonova. – Men ham bir vaqtlar yuqori lavozimlarda ishlaganman. O‘sha paytlarda o‘zimiz xohlasak, muhtojlarga yordam berishni o‘ylasak ham shunday ishlarni qila olmas edik, siyosiy jihatdan ham, iqtisodiy jihatdan ham bunday tadbirlarning iloji yo‘q edi. Demak, bu mustaqillik bergan imkoniyatlar samarasidir. Qani endi, o‘sha paytlardagi kuch-g‘ayratim hozir ham bo‘lsa-yu, mana endi ishlasam...

Tadbirda viloyat ishchi guruhlarining o‘rganishlari, xalq qabulxonalari va mahalliy hokimliklarga tushgan murojaatlar asosida maxsus ishchi komissiyasi tomonidan shakllantirilgan ro‘yxatga muvofiq, 90 nafar kam ta’minlangan va nogironligi bor xotin-qizlarga mavjud ichki imkoniyatlardan foydalanib barpo qilingan uy-joylarning kalitlari topshirildi.

– Bu biz uchun bir umrlik sovg‘a bo‘ldi, – deydi Mingbuloq tumanida istiqomat qiluvchi uy bekasi F.Shermatova. – Shunday mehr-oqibat, g‘amxo‘rliklar uchun Prezidentimiz, xalqimiz, viloyatimiz rahbarlaridan minnatdorman.

Tadbirda Namangan viloyati hokimi X.Bozorov so‘zga chiqdi.
 

05.09.2018

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратишПрезидент почтаси6 May 202418 Sentabr 2024Navoiy viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикасиВеб-сайт13 Fevral 202427 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИВеб-сайт29 Aprel 20242 May 2024Toshkent viloyati

Foydali resurslar