2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Xayrullo Bozorovning tadbirkorlar qabuli uzluksiz 10 soatdan ortiq davom etdi

Farg‘ona shahridagi “Tadbirkorlar uyi”da Farg‘ona viloyati hokimi Xayrullo Bozorovning navbatdagi tadbirkorlik qabuli bo‘lib o‘tdi.

Ertalabdan boshlangan qabul uzluksiz 10 soatdan ziyod davom etdi va 150 dan ziyod tadbirkorning murojaati ko‘rib chiqildi. Viloyatda tadbirkorlar va fuqarolarning davlat hokimiyati organlariga ishonchi tobora ortib borayotgani, so‘nggi oylarda viloyat hokimi qabuliga kelayotganlar sonining muttasil o‘sayotganida namoyon bo‘lmoqda. Shu bilan birga, shahar va tuman hokimlari o‘z hududlarida tadbirkorlar masalalari va murojaatlariga yanada jiddiy yondashishlari lozimligini ko‘rsatmoqda.

Qabulda ishtirok etgan tadbirkorlar viloyat rahbariga bank krediti va subsidiya olishga ko‘maklashish, ishlab chiqarish va qishloq xo‘jaligi uchun yer maydoni va bo‘sh turgan bino-inshootlar ajratib berish, ishlab chiqarish korxonalarida gaz va elektr ta’minotini yaxshilash, davlat-xususiy sheriklik asosidagi loyihalarni amalga oshirish, mahsulot realitsiyasiga yordamlashish, shuningdek soliq to‘lash bo‘yicha yengilliklar taqdim etish, kadastr va egalik huquqi bilan bog‘liq muammolarni hal etish va boshqa ko‘plab masalalarda murojaat qildilar. Shuningdek, mahalliy hokimiyatlar va idoralar tomonidan joylarda tadbirkorlar faoliyatlariga bo‘layotgan to‘siqlar bilan bog‘liq masalalar ko‘tarildi.

Qabulda davomida tadbirkorlik loyihalarini amalga oshirishda yordam so‘rab murojaat qilgan yoshlar ham ko‘p bo‘ldi. Oltiariqlik Ravshanbek Shokirov shulardan biri. U "Yangiqo‘rg‘on" mahalla fuqarolar yig‘inidagi bo‘sh turgan binoda trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarishni tashkil etish niyatida. Shuningdek, mazkur binoni ta’mirlab, mahalla yig‘ini uchun ham joy berish va boshqa xizmat ko‘rsatish shoxobchalarini ochish, 40 ta ish o‘rni yaratish bo‘yicha taklif bildirdi. Uning loyihasi qo‘llab-quvvatlanadigan bo‘ldi.

Muammolarning aksariyati qabul chog‘ida hal etildi. O‘rganish talab etiladigan masalalar bo‘yicha viloyat hokimining vakillari tadbirkorlar bilan birga qabuldan to‘g‘ri joylarga chiqib ketdilar. Hal etilishi muddat talab etuvchi murojaatlar bo‘yicha viloyat hokimi tegishli mutasaddilarga ko‘rsatma va topshiriqlar berdi.

24.02.2021

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратишПрезидент почтаси6 May 202418 Sentabr 2024Navoiy viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикасиВеб-сайт13 Fevral 202427 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИВеб-сайт29 Aprel 20242 May 2024Toshkent viloyati

Foydali resurslar