Surxondaryo viloyati hokimi To‘ra Bobolov bugun faoliyatida muammoga duch kelayotgan tadbirkorlarni qabul qilib, ularning murojaatlarini tingladi. O‘rtaga tashlangan muhim masalalarni mutasaddi rahbarlar ishtirokida hal etish yo‘llarini izladi.
– Hududimiz pavlovniya daraxtini parvarishlash uchun qulay iqlimga ega, – deydi yakka tartibdagi tadbirkor Sohiba Pardayeva. – U tez o‘sadi. Mustahkam yog‘och bo‘ladi. Shuningdek, biomassa manbai ham ekan. Pavlovniyadan pishiq mebel ham, musiqiy asboblar ham yasash mumkin. bugungi qabulda ana shu qiziqishimni aytib, yer maydoni ajratishda yordam so‘radim. Masala shu yerning o‘zida ko‘rib chiqilib, Termiz tumani hududidan boshlanishiga o‘n gektar yer ajratiladigan bo‘ldi.
Tadbirkorlar qabulida qirqdan ortiq ishbilarmonning murojaati tinglandi.
– Sutni qayta ishlash loyihasini amalga oshirmoqchi edim, – deydi tadbirkor Ulug‘bek Omonov. – Shu maqsadda Denov tumanidan keldim. Buning uchun bir milliard so‘m kredit mablag‘iga ehtiyoj sezayapman.
Dardimni tinglagan viloyat rahbari tijorat bankiga amaldagi qonun doirasida menga imtyozli kredit ajratish bo‘yicha topshiriq berdi. Muammo uzog‘i bilan bir haftada yechimini topadigan bo‘ldi.
Bahor faslining ilk kunida bo‘lib o‘tgan qabul chog‘ida tadbirkorlarning tashabbus va takliflari qo‘llab-quvvatlanib, o‘rtaga tashlangan aksariyat masalalar joyida hal etildi. Ayrim murojaatchilarga tegishli maslahat va huquqiy tushuncha berildi. Yechimi vaqt talab etadigan muammolar bo‘yicha tegishli muddat belgilanib, ijrosi viloyat hokimligi tomonidan nazoratga olindi.
Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
---|---|---|---|---|
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуриш | Ишонч телефони | 17 Noyabr 2023 | 27 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозилик | Веб-сайт | 14 Fevral 2024 | 20 Fevral 2024 | Jizzax viloyati |
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикаси | Веб-сайт | 13 Fevral 2024 | 27 Fevral 2024 | Surxondaryo viloyati |
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИ | Веб-сайт | 29 Aprel 2024 | 2 May 2024 | Toshkent viloyati |