Yurtimizda davlat xizmatlari ko‘rsatish tizimining izchillik bilan takomillashgani aholining og‘irini yengil qilib, hududlarda investitsiyani yaxshilash va biznesni yanada rivojlantirish imkonini bermoqda.
Ayniqsa, chekka va olis hududlarda sayyor davlat xizmatlarining ko‘rsatilishi aholi uchun yanada qulaylik yaratayapti. Ba’zan tushunmovchilik sabab, kichik e’tiborsizlik, ba’zida esa mutasaddi tashkilotlarning harakati sabab kelib chiqadigan muammolar yechimini topishida sayyor qabullarning ahamiyati katta.
Aholini qiynab kelayotgan muammo va masalalarni ijobiy hal qilish maqsadida Davlat xizmatlari agentligi Toshkent viloyat boshqarmasi va viloyat adliya boshqarmasining rahbar va mas’ul xodimlari ishtirokida Yuqori Chirchiq tumanidagi “Nurli zamin” mahalla fuqarolar yig‘inida navbatdagi sayyor qabul o‘tkazildi. Unda fuqarolarning murojaatlari o‘rganilib, kerakli huquqiy maslahatlar berildi, ba’zi muammolar joyida bartaraf etildi.
Shuningdek, Davlat xizmatlari markazining maxsus avtobusi tuman markazidan olisda joylashgan mahallaga bordi. U yerda 900 dan ortiq xonadon bo‘lib, 4 ming 600 dan ortiq aholi istiqomat qiladi. Deyarli har kuni aholi biror bir yumush bilan Davlat xizmatlari markaziga ishi tushadi. Shu tufayli markaz xodimlari mobil avtobusda aholining uzog‘ini yaqin, og‘irini yengil qildi.
Sayyor xizmat davomida 15 nafar fuqaroga davlat xizmatlari ko‘rsatildi. Murojaatlarning aksariyati ko‘chmas mulk ob’ektlariga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishga ariza yuborish, kadastr pasportini shakllantirish, jismoniy shaxslar uchun soliq to‘lovchining identifikatsion raqamini (STIR) olish, farzandlarini davlat maktabgacha ta’lim muassasasiga qabul qilish uchun yo‘llanma berilishi kabilardan iborat bo‘ldi.
Yuqori Chirchiq Toshkent viloyatining eng salohiyatli tumanlaridan biri bo‘lib, 130 mingdan ortiq aholi istiqomat qiladi. Jami 47 ta mahalla fuqarolar yig‘ini mavjud. Bugun tumanlarda davlatimiz rahbari tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan mahallabay tizimining dastlabki samaralari sezila boshlagan.
Hududdagi “Navoiy” mahalla fuqarolar yig‘inida “Obod qishloq” dasturi doirasida obodonlashtirish, ko‘kalamzorlashtirish ishlari boshlab yuborildi. Adliya vazirligi, Davlat xizmatlari agentligi viloyat boshqarmasi, tuman Davlat xizmatlari markazi xodimlari aholini qiynab kelayotgan muammolarni o‘rganish maqsadida uyma-uy yurib fuqarolar bilan suhbatlashdi. Shu bilan birga, ularning yashash sharoitlarini tubdan yaxshilash, turmush tarzini o‘zgartirish bo‘yicha kamchiliklar aniqlanib, muammolar joyida bartaraf etilmoqda.
Ushbu mahalladagi 525 xonadonda 2 ming 163 nafar aholi istiqomat qiladi. Davlat xizmatlari markazi xodimlarning bir qismi uyma uy yurib fuqarolarga huquqiy targ‘ibot ishlarini olib bordi. Boshqa xodimlar fuqarolardan murojaatlar qabul qilib, davlat xizmatlarini ko‘rsatdi. Shu bilan birga, kam ta’minlangan oilalarning davlat xizmatlari bilan bog‘liq muammolari to‘liq o‘rganilib, bu boradagi vazifalar ijrosini ta’minlash aholi bilan ishlashning mahallabay tizimida to‘liq qamrab olinmoqda.
Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
---|---|---|---|---|
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуриш | Ишонч телефони | 17 Noyabr 2023 | 27 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозилик | Веб-сайт | 14 Fevral 2024 | 20 Fevral 2024 | Jizzax viloyati |
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикаси | Веб-сайт | 13 Fevral 2024 | 27 Fevral 2024 | Surxondaryo viloyati |
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИ | Веб-сайт | 29 Aprel 2024 | 2 May 2024 | Toshkent viloyati |