2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Botir Zaripov: “Fuqarolar murojaatiga e’tiborsiz qarayotgan har bir rahbarga qat’iy va qonuniy munosabat bildiriladi”

Buxoro viloyati hokimi Botir Zaripov navbatdagi sayyor qabulga viloyatning turli hududlaridan kelgan 300 ga yaqin fuqaroning dardu tashvishiga quloq soldi.

— O‘zim hech qayerda ishlamayman, lekin dala-dehqonchilik ishlariga, mol boqishga qiziqaman, – deydi qabulga Peshko‘ tumani “Valfajir” mahalla fuqarolar yig‘ini Chorobod qishlog‘idan kelgan yigit Sherali Ostonov. — Biror noobod, tashlandiq joydan bo‘lsa ham, qishlog‘imizdan, uyimiz yaqinidan yer ajratilsa, unda bir nechta oilani ham ishli qilib, daromad orttirardik.  

Gazli shaharchasida yashovchi Oqil Ahmedov Buxoro neft va gaz kollejini bitirganiga 4 yil bo‘libdi. Biroq haligacha tayinli ish topolmay sarson-sargardon yuribdi. Shu maqsadda u olis cho‘lquvarlar shaharchasidagi yirik korxona “Gazlineftgazqazibchiqarish” MCHJ rahbariyatiga bir necha marotaba qilgan murojaati ham javobsiz qolgan.

Abu Ali Ibn Sino nomidagi Afshona tibbiyot kollejini tamomlagan romitanlik Baxtiyor Nusratov ham o‘tgan yili milliy armiya safidagi muddatli harbiy xizmatni o‘tab qaytgan. Ammo o‘rta maxsus ma’lumotli bu yigit ham ishsizlikdan qiynalayotganini bildirdi. Mutasaddilardan amaliy yordam so‘radi.  

“Mehribonlik uyi”da voyaga yetgan Viktor Ivanov uylanib, oila qurgach bir necha yildirki, viloyat markazida ijarada, oilaviy yotoqxonada yashab keladi. Tayinli boshpanasiga ega bo‘lishni istagan yigitni qo‘llab-quvvatlash kerak, albatta.  

Viloyat markazining Qayum Murtazoyev ko‘chasi, “Toshmasjid” mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi 78/1-uyda istiqomat qilayotgan bir guruh fuqarolar esa uylari yaqinida paydo bo‘lgan axlatxonani ko‘chirtirish tashvishidalar. Aniqrog‘i, 23- va 38-sonli umumta’lim maktablari oralig‘idagi bu axlatxona uch yildan buyon atrof-muhit tozaligiga ham raxna solayotgani barobarida darsga qatnayotgan o‘g‘il-qizlar salomatligi uchun ham jiddiy xavf-xatar, anitisanitariya holati ekanligi kunday ravshan.  

Buxoro va Kogon shaharlari bilan birga, Qorako‘l, Buxoro, Romitan, Peshko‘, Shofirkon, G‘ijduvon, Jondor kabi tumanlardan fuqaroning har biri o‘z muammosi bilan qabulda qatnashdi.  

Murojaatlar soha rahbariyati va mutaxassislar ishtirokida atroflicha o‘rganildi. Har bir masala yuzasidan ishchi guruhlari tuzilgan holda aksariyat muammolarni joyida o‘rganib, qonuniy yechimini topish talabi va muddati qo‘yildi.

Viloyat hokimi Botir Zaripov nisbatan ko‘p murojaat qayd qilinayotgan hududlardagi muammolarni xolisona, adolat nuqtai nazaridan va tezkor o‘rganish va hal qilish zarurligini ta’kidladi. Fuqarolar murojaatlariga loqayd va e’tiborsiz qarayotgan har bir rahbar faoliyatiga nisbatan qat’iy va qonuniy munosabat bildirilishi qayd etdi.  

06.03.2021

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратишПрезидент почтаси6 May 202418 Sentabr 2024Navoiy viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикасиВеб-сайт13 Fevral 202427 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИВеб-сайт29 Aprel 20242 May 2024Toshkent viloyati

Foydali resurslar