O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi raisi A.Xaitov Xorazm viloyati Gurlan tumanida tashkil etilayotgan «Moxsut Manzura» tomorqa xizmati klasteri faoliyati bilan tanishdi.
Navro‘z bayrami arafasida faoliyati yo‘lga qo‘yilishi kutilayotgan mazkur tomorqa xizmati klasteriga jamg‘arma mablag‘lari hisobidan 500 million so‘m kredit yo‘naltirilgan. Shuningdek, issiqxona qurish uchun 1 gektar yer ajratib berildi.
Prezidentimizning 2020 yil 30 iyundagi «Aholi tomorqalaridan foydalanish samaradorligini oshirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori bu boradagi ishlar rivojida muhim dasturilamal bo‘layotir.
Hozir jamiyatda belgilangan 12 ta yo‘nalishdan 7 tasi to‘liq yakunlanib, ish faoliyatini boshladi. Ixcham issiqxonalar qurish sexi, texnika parki, ko‘chatchilik issiqxonasi, urug‘, ko‘chat, o‘g‘it, kimyoviy vositalar sotish do‘koni shular sirasidan. Qolgan yo‘nalishlarda ham quriladigan ob’ektlarning to‘liq smeta loyihalari ishlanib, keng miqyosda qurilish ishlari olib borilmoqda.
O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi raisi A.Xaitov Xorazm viloyatiga safari chog‘ida Bog‘ot va Yangibozor tumanida ham bo‘lib, yoshlar, fermerlar va tomorqa egalari bilan uchrashdi. Yangibozor tumanida 35 nafar yosh yigit-qizga fermer xo‘jaliklari 17 gektar yer ajratib berdi. Bu esa ishsiz yoshlarni ish o‘rinlari bilan ta’minlashga xizmat qilishi bilan ahamiyatli.
Bu yerlarga ishlov berish, undan samarali foydalanishni ta’minlash uchun tajribali fermerlar yoshlarga maslahat berib boradi. Mazkur maydonlarga sabzavot, poliz, dukkakli ekinlar yetishtirish va bog‘ yaratish mo‘ljallanmoqda.
Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
---|---|---|---|---|
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуриш | Ишонч телефони | 17 Noyabr 2023 | 27 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозилик | Веб-сайт | 14 Fevral 2024 | 20 Fevral 2024 | Jizzax viloyati |
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикаси | Веб-сайт | 13 Fevral 2024 | 27 Fevral 2024 | Surxondaryo viloyati |
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИ | Веб-сайт | 29 Aprel 2024 | 2 May 2024 | Toshkent viloyati |