Surxondaryo viloyati Angor tumanidagi Yuqori Tallimaron mahallasi “Obod mahalla” davlat dasturi doirasida qayta chiroy ochib, obodlik kasb etgan go‘shalardan.
Mazkur mahallaning umumiy yer maydoni 1350 gektarni tashkil etib, 3441 nafar aholini o‘z bag‘riga olgan. Aholi tomorqasi 192 gektardan iborat. Deyarli barcha xonadonda tomorqachilik yaxshi shakllangan. Hududda 2 ta umumiy o‘rta ta’lim maktabi, bitta kasb maktabi, qishloq vrachlik punkti, 1 ta xususiy maktabgacha ta’lim muassasasi bor. Dastur bo‘yicha 16 km uzunlikdagi ichki yo‘llarga shag‘al tosh yotqizildi, 4 km masofadagi asosiy serqatnov yo‘llar asfalt qilindi. Piyodalar yo‘lakchasi qurilib, yoritish chiroqlari o‘rnatildi. Bundan tashqari, 2 ta transformator yangidan o‘rnatilib, yana 4 tasi ta’mirlandi, 200 dona simyog‘och beton ustunlarga almashtirildi. 18 km uzunlikda zovurlar qazildi.
Shuningdek, mahallada 180 o‘rinli zamonaviy maktab, barcha sharoitlarga ega sport zali hamda 200 o‘rinli davlat bolalar bog‘chasi qurilishi ko‘zda tutilgan.
Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
---|---|---|---|---|
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуриш | Ишонч телефони | 17 Noyabr 2023 | 27 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозилик | Веб-сайт | 14 Fevral 2024 | 20 Fevral 2024 | Jizzax viloyati |
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикаси | Веб-сайт | 13 Fevral 2024 | 27 Fevral 2024 | Surxondaryo viloyati |
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИ | Веб-сайт | 29 Aprel 2024 | 2 May 2024 | Toshkent viloyati |