2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Poytaxtning Chilonzor tumanini rivojlantirish kun tartibida

2018-yil 6-sentyabr kuni Toshkent shahrida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashi va xalq deputatlari Chilonzor tuman Kengashining qo‘shma majlisi bo‘lib o‘tdi. Unda senatorlar, deputatlar, mutasaddi vazirlik va idoralar rahbarlari, mahalla raislari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

Majlisni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi Nig‘matilla Yo‘ldoshev olib bordi.

Qo‘shma majlisda mas’ul vazirlik va idoralar hamda Toshkent shahar, Chilonzor tumani hokimliklari rahbarlarining Prezidentimiz tomonidan belgilab berilgan vazifalar ijrosi yuzasidan amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar haqidagi axborotlari eshitildi. Shuningdek, tumanda sog‘lom ovqatlanishni tashkil etish va aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarning ahvoli to‘g‘risidagi masala ham muhokama qilindi.

Ta’kidlanganidek, bugungi kunda hududlarni, shu jumladan Chilonzor tumanini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish - poytaxtimiz uchun dolzarb ahamiyatga ega bo‘lgan ustuvor masalalardan biri hisoblanadi.   Bu borada barcha darajadagi davlat hokimiyati organlari zimmasiga 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturining ijrosi doirasida qator muhim vazifalar yuklatilgan.  

 Chilonzor tumani poytaxtimizning industrial hududlaridan biri hisoblanadi. Shu boisdan yig‘ilishda asosan tumanda ishlab chiqarishni yanada rivojlantirish orqali yangi ish o‘rinlarini tashkil etish va shu asosda aholi farovonligini yuksaltirish masalalariga urg‘u berildi. Qayd etilganidek, bugungi kunda hududda umumiy hisobda 4412 ta korxona faoliyat yuritmoqda. Birgina 2018 yilda 714 mlrd. so‘mlik investitsiya loyihalari amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan bo‘lib, shundan 96,3 mln. dollar to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalardir.

Hozirga qadar o‘zlashtirilgan investitsiyalar hajmi 117,1 mlrd. so‘mni tashkil qiladi. Jalb etiladigan sarmoyalar asosan Rossiya, Xitoy, Turkiya va Koreya davlatlari ulushiga to‘g‘ri keladi.

Xususan, “Sovplastital” qo‘shma korxonasi hududida "Moderna ceramik" MChJga nol qiymatida ijara shartnomasi asosida dekorativ keramika plitalari ishlab chiqarish uchun maydon ajratilgan. Loyiha summasi 64000,0 mlrd. so‘mni, shu jumladan 6,8 mln. dollarlik xorijiy investitsiyalarni tashkil qiladi. 200 ta yangi ish o‘rni tashkil etish nazarda tutilgan. 2019 yilning birinchi yarmida loyiha mahsuloti to‘liq ishlab chiqariladi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining  Toshkent shahrida kichik sanoat zonalarini tashkil etishga oid farmon va qarorlariga muvofiq “Chilonzor kichik sanoat zonasini boshqarish direktsiyasi” davlat unitar korxonasi tashkil etilgan.  Umumiy maydoni 7,9 gektar Chilonzor kichik sanoat zonasida hozirgi vaqtda 28 ta korxona tender asosida joylashtirilgan. Ular tomonidan to‘qimachilik, trikotaj, poyafzal, polietilen quvurlar, polipropilendan qadoqlovchi mahsulotlar, bolalar o‘yinchoqlari, termaqog‘oz mahsulotlari, banner matosi, plyonkalar ishlab chiqarish bo‘yicha loyihalar amalga oshirilmoqda.

Tumanda turar joy fondining salmoqli qismini ko‘p qavatli uylar tashkil etishini hisobga olib, kommunal sohaga oid masalalar atroflicha ko‘rib chiqildi. Bunda ko‘p xonadonli uylarni kuz-qish mavsumiga tayyorlash, xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari faoliyatini tubdan yaxshilash, bu sohaga tuman byudjetidan ajratilayotgan mablag‘larni maqsadli sarflashga urg‘u berildi.

   Ta’sirchan deputatlik va jamoat nazoratining ustuvor yo‘nalishlaridan biri sifatida mahalla rolini yanada oshirish hamda davlatimiz rahbari tashabbusi bilan ishlab chiqilgan “Obod mahalla”, “Yoshlar kelajagimiz”, “Har bir oila - tadbirkor”, “Aholi bandligiga ko‘maklashish” kabi davlat dasturlarini tatbiq etish vazifalarini bajarishga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, qo‘shma majlisda to‘y-hashamlar, oilaviy tantanalar, ma’raka va marosimlar, marhumlarning xotirasiga bag‘ishlangan tadbirlar tartibli o‘tkazilishini deputatlar va keng jamoatchilik tomonidan nazorat qilish masalasi muhokama qilindi.

So‘zga chiqqanlar O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashi tomonidan xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashlarida bunday tadbirlar o‘tkazilishini tartibga solish masalalari bo‘yicha komissiyalar tuzish to‘g‘risidagi qarorning mazmun-mohiyati, tumanda namunali oilaviy tadbirlar o‘tkazilishini tashkil etish, ortiqcha dabdabalikka, milliy qadriyatlarga zid marosimlarga, nomaqbul odatlarga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida fikr yuritdilar.

Majlisda muhokama qilingan masalalar bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashi va xalq deputatlari Chilonzor tuman Kengashining qo‘shma qarori qabul qilinib, unda tumanni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar dasturi ijrosini parlament, deputatlar va jamoatchilik tomonidan nazorat qilish choralari nazarda tutilgan.

O'zbekiston Respublikasi
Oliy Majlisi Senatining
Axborot xizmati

07.09.2018

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратишПрезидент почтаси6 May 202418 Sentabr 2024Navoiy viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикасиВеб-сайт13 Fevral 202427 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИВеб-сайт29 Aprel 20242 May 2024Toshkent viloyati

Foydali resurslar