O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Fan, ta’lim va sog‘liqni saqlash masalalari qo‘mitasi tomonidan yetim bolalar va ota-ona yoki boshqa qonuniy vakillarining qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashning qonuniy asoslarini yanada mustahkamlash masalasini kompleks o‘rganish bo‘yicha Ishchi guruh yig‘ilishi o‘tkazildi.
Davlatimiz rahbarining parlamentga yo‘llagan Murojaatnomasida joriy yil ehtiyojmand oilalar farzandlari, shu jumladan, chin yetim, nogironligi bo‘lgan va davolanishga muhtoj bolalarga alohida mehr-muruvvat ko‘rsatish bo‘yicha yangi tizim joriy etilishi, bunda joriy yilda birinchi marta 900 nafar chin yetim yoshni uy-joy bilan ta’minlash uchun 50 milliard so‘m mablag‘ ajratilayotgani ta’kidlangandi.
O‘tgan ikki yil davomida yetim bolalar va ota-onasining yoki boshqa qonuniy vakillarining qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha bir qator normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilingan. Biroq yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarga ta’lim berish, ijtimoiy himoyaga bo‘lgan huquqlarini muhofaza qilish, huquq va erkinliklarini amalda ro‘yobga chiqarish borasidagi munosabatlar yaxlit normativ-huquqiy hujjatga birlashtirilmagan. "Mehribonlik uyi"ni bitirgan yoshlarning jamiyatga ijtimoiy moslashuvi, ta’lim olishi va bandligini ta’minlash borasida yaxlit tizim shakllantirilmagan.
Bundan tashqari, yig‘ilishda yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarning huquq va erkinliklarini kafolatlash, ularni ijtimoiy himoya qilish sohasidagi qonunchilikni takomillashtirish maqsadida ushbu sohani kompleks o‘rganishni tashkil etish bo‘yicha olib boriladigan chora-tadbirlar muhokama qilindi.
Shuningdek, joriy yil 5 mayga qadar yetim bolalar va ota-ona yoki boshqa qonuniy vakillarining qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash sohasidagi umumlashtirilgan takliflar ishlab chiqilishi kelishib olindi.
Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
---|---|---|---|---|
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуриш | Ишонч телефони | 17 Noyabr 2023 | 27 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозилик | Веб-сайт | 14 Fevral 2024 | 20 Fevral 2024 | Jizzax viloyati |
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикаси | Веб-сайт | 13 Fevral 2024 | 27 Fevral 2024 | Surxondaryo viloyati |
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИ | Веб-сайт | 29 Aprel 2024 | 2 May 2024 | Toshkent viloyati |