2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Poytaxtimizda hokim, vazir va yoshlar uchrashuvi o‘tkazildi

Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi, Toshkent shahar hokimligi, Davlat soliq qo‘mitasi hamda “Mikrokreditbank” rahbarlari yoshlar bilan uchrashdi.

Uchrashuvda yoshlar asosan ijara, ta’lim, tadbirkorlik, uy-joy kreditlari, soliq va bandlik masalalari bo‘yicha murojaat qildi. Aksariyat murojaatlar joyida ijobiy hal etildi.

Qurilish, madaniyat, ishlab chiqarish, xizmat ko‘rsatish va yer ajratish hamda katta mablag‘li kredit olish kabi masalalarga oid murojaatlar yuzasidan zarur ko‘rsatmalar berildi. Xususan, Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev tomonidan o‘quv kurslari uchun mablag‘ so‘ragan yoshlarning murojaati inobatga olindi.

– Ingliz tiliga qiziqqanim sababli ko‘p yillardan buyon o‘rganishga harakat qilib kelardim, – dedi Mirzo Ulug‘bek nomidagi Milliy universitet talabasi Roziyabonu Anvarova.

 – Kitob o‘qishga harakat qildim, lug‘at yod oldim, lekin baribir o‘quv kursida malaka oshirishim kerakligini his qildim. Ammo buning uchun, ayniqsa, talabaga yetarli mablag‘ kerak. bugungi tadbirda shu mavzuda yordam so‘rab murojaat qildim. Toshkent shahar hokimi savollarimga javob berdi va Olmazor tumanidagi o‘quv kurslaridan birida 6 oy davomida bepul ta’lim olishimni aytdi. Bundan juda xursandman.

Uchrashuvda Roziyabonu kabi ko‘plab yoshlarning murojaati ijobiy hal etildi.

01.04.2021

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратишПрезидент почтаси6 May 202418 Sentabr 2024Navoiy viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикасиВеб-сайт13 Fevral 202427 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИВеб-сайт29 Aprel 20242 May 2024Toshkent viloyati

Foydali resurslar