Xabar berganimizdek, 31-mart – 3-aprel kunlari Samarqand viloyatida O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi K.Komilov rahbarligidagi respublika ishchi guruhi tomonidan sud-huquq masalalari yuzasidan ommaviy qabullar o‘tkazildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi, Prezident Xalq qabulxonalari, Oliy sud, Sudyalar Oliy Kengashi, Bosh prokuratura, Ichki ishlar vazirligi, Adliya vazirligi hamda Davlat bojxona qo‘mitasi rahbar xodimlari ishtirokida viloyatning olti hududida barcha tuman va shaharlar qamrab olingan holda tashkil etilgan qabullarda 2 ming 232 nafar fuqaroning 2 ming 234 ta masalalar bo‘yicha murojaatlar kelib tushdi. Ularning 687 tasi joyida ijobiy hal etildi. 608 ta murojaat esa huquqiy maslahat berish orqali hal etildi. 896 ta murojaat esa ijro uchun nazoratga olindi.
Jumladan, jinoyat ishlari bo‘yicha 18 nafar fuqaroning arizasi qabul qilindi, 206 fuqaroga huquqiy tushuntirish berildi. 145 nafar sudlanuvchilarga nisbatan tayinlangan jazo turlari Jinoyat kodeksining 73-moddasi tartibida muddatidan oldin shartli ravishda ozod etildi. 24 nafar sudlanuvchilarga nisbatan tayinlangan jazo turlari Jinoyat kodeksining 74-moddasi tartibida yengilrog‘iga almashtirildi. 2 nafar sudlanuvchilarga nisbatan ozodlikni cheklash jazosi qo‘llanib, sud zalidan ozod qilindi.
O‘g‘rilik jinoyati sodir etib, besh yil muddatga ozodlik mahrum etilgan U.Yo‘ldosheva qilmishidan xulosa chiqarib, yetkazilgan zararni qoplanganligini bildirib, tayinlangan jazoni yengilrog‘i bilan almashtirishni so‘rab murojaat qildi. Ushbu murojaat sayyor sud majlisida ko‘rilib, apellyatsiya shikoyatini qanoatlantirdi hamda mahkumaga tayinlangan jazo qamoq bilan bog‘liq bo‘lmagan jazoga almashtirdi.
Qabullar chog‘ida 107 nafar fuqaroning ma’muriy huquqbuzarlikka oid ishlari ular ogohlantirilgan holda tugatildi. Bundan tashqari, 115 nafar fuqaroga aliment pullari undirib berildi. 63 kishining pensiya ta’minoti bilan bog‘liq nizolari hal etildi. 12 holatda nikohdan ajratish haqidagi da’volar bo‘yicha taraflar yarashtirildi. 16 holatda ish haqi undirish haqidagi arizalar qanoatlantirildi.
Ommaviy qabullarda muammolari hal bo‘lgani uchun minnatdorlik bildirish maqsadida kelganlar ham ko‘pchilikni tashkil eti. 402 nafar yuridik va jismoniy shaxslar shu niyatda kelib, mutasaddilarga tashakkurnoma bildirdi.
Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
---|---|---|---|---|
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуриш | Ишонч телефони | 17 Noyabr 2023 | 27 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозилик | Веб-сайт | 14 Fevral 2024 | 20 Fevral 2024 | Jizzax viloyati |
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикаси | Веб-сайт | 13 Fevral 2024 | 27 Fevral 2024 | Surxondaryo viloyati |
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИ | Веб-сайт | 29 Aprel 2024 | 2 May 2024 | Toshkent viloyati |