So‘nggi yillarda mamlakatimizda mas’ul idora rahbari tomonidan tashkil etilayotgan sayyor qabullar samarali natija berib kelmoqda.
Joriy yilning 7 aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi vakillari ishtirokida sayyor qabul bo‘lib o‘tdi. Unga ko‘ra, poytaxt aholisi tomonidan Majburiy ijro byurosi organlari faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan murojaatlari o‘rganildi, muammolarga yechim topildi.
Sayyor qabul davomida fuqaro M.Isamatovaning, lizing asosida olingan avtotransport vositasi hozirda qidiruvdaligi va unga egalik qilishi haqidagi, fuqaro A.Muslimovning qarzdor B.Imamovadan undiruvchi R.Imamov foydasiga jami 160 mln. so‘m miqdorida qarzdorlikni undirish haqidagi, shuningdek, E.Yo‘ldoshevning qizi S.Yuldoshevaning foydasiga qarzdor Sh.Usarovdan aliment undirish to‘g‘risidagi murojaatlar tegishli mas’ul xodimlar nazoraiga olinib, zudlikda yechim topish uchun choralar belgilandi.
Shuningdek, tadbir davomida fuqarolardan Ye.Matveyeva, M.Xasanbayeva, N.Botiraliyevalar ham sayyor qabulda o‘z murojaatlariga yechim topishdi.
Jumladan, N.Botiraliyeva sayyor qabulga murojaat bilan emas balki, byuro rahbariyatiga o‘z tashakkurini bildirish uchun tashrif buyurganini bildirib, o‘z vaqtida aliment pullari undirib berilayotganini e’tirof etib o‘di.
Xulosa o‘rnida, Byuro organlariga kelib tushayotgan har bir murojaatning o‘z vaqtida yechimini topishda fuqarolar soha faoliyatidan rozi bo‘lishi yo‘lida har bir murojaat e’tiborda va amalda ijobiy yechim topilishiga harakat qilinmoqda.
Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
---|---|---|---|---|
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуриш | Ишонч телефони | 17 Noyabr 2023 | 27 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозилик | Веб-сайт | 14 Fevral 2024 | 20 Fevral 2024 | Jizzax viloyati |
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикаси | Веб-сайт | 13 Fevral 2024 | 27 Fevral 2024 | Surxondaryo viloyati |
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИ | Веб-сайт | 29 Aprel 2024 | 2 May 2024 | Toshkent viloyati |