Buxoro viloyat prokuraturasining xabariga ko‘ra, G‘ijduvon tumanidagi “Og‘itma” tabiiy suv havzasiga quyuluvchi drenajning 642-piket qismi va Shofirkon tumanidagi “Toldi” zovurining 15, 25, 40 va 90-piketlarida fuqarolar tomonidan noqonuniy dambalar o‘rnatilganligi sababli tabiiy suv havzasida suv kamayib borayotganligi haqida murojaat bo‘lgan. Unda bu harakatlar baliqchilik sohasini rivojlantirishga to‘siq bo‘layotgani aytiladi.
Natijada murojaatni o‘rganish jarayonida “Baraka” MFY hududidan o‘tuvchi “Og‘itma” kollektoridan “Og‘itma” tabiiy suv havzasiga o‘tuvchi suv yo‘llari berkitilib, suv “G‘ijduvon” kanali hamda boshqa yerlarga yo‘naltirilganligi aniqlandi.
G‘ijduvon va Shofirkon tumanlari irrigatsiya bo‘limi mutasaddilari tomonidan o‘ziga yuklatilgan vazifalarga e’tiborsizlarcha munosabatda bo‘lganliklari sababli fuqarolar tomonidan noqonuniy dambalar o‘rnatilgan. Muammoga o‘z vaqtida yechim topmagan, qonunbuzilishi, uning kelib chiqish sabablarini bartaraf etmagan mutasaddilar tegishli tartibda qonun oldida javob berishlari to‘g‘risida “Amu Buxoro” irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasiga taqdimnoma kiritildi.
Ayni paytda “Og‘itma” tabiiy suv havzasiga ketadigan suv yo‘lidagi damba va to‘siqlar G‘ijduvon va Shofirkon tuman irrigatsiya bo‘limlari tomonidan to‘liq bartaraf etilishi ta’minlanib, murojaat qanoatlantirildi.
Har bir murojaat ortida avvalo, inson omili, uning muammolari o‘z ifodasini topadi. Murojaatlarning ijobiy hal etilishida esa, nafaqat bir fuqaroning, balki jamiyat, davlatning ham manfaatlari himoya qilinadi.
Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
---|---|---|---|---|
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуриш | Ишонч телефони | 17 Noyabr 2023 | 27 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозилик | Веб-сайт | 14 Fevral 2024 | 20 Fevral 2024 | Jizzax viloyati |
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикаси | Веб-сайт | 13 Fevral 2024 | 27 Fevral 2024 | Surxondaryo viloyati |
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИ | Веб-сайт | 29 Aprel 2024 | 2 May 2024 | Toshkent viloyati |