Samarqand viloyati hokimi E.Turdimov 27 va 28-aprel kunlari Paxtachi tumanida tadbirkorlar, yoshlar, ayollar bilan uchrashdi, ommaviy sayyor qabul o‘tkazdi.
Dastlab tuman hokimligida tadbirkorlar hamda tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanish istagida bo‘lgan fuqarolar bilan uchrashuv o‘tkazildi. Unda yer, kredit ajratish, kommunikatsiya tarmoqlariga ulanish bilan bog‘liq va boshqa masalalar yuzasidan murojaatlar eshitilib, ularni hal etish choralari ko‘rildi.
Shundan so‘ng viloyat hokimi tuman mutasaddilari bilan birga 1-sektor hududidagi xotin-qizlar bilan uchrashib, ularning murojaatlarini tingladi. Mahallalarda “Ayollar daftari” asosida olib borilayotgan ishlar, ijtimoiy ko‘makka muhtoj xotin-qizlarga ko‘rsatilayotgan yordam bilan qiziqdi. Uchrashuvda xotin-qizlar tomonidan 140 muammoli masala bildirildi. Viloyat hokimi har bir murojaatni mas’ullarga biriktirib, ularni hal etish yuzasidan aniq muddat belgilandi.
E.Turdimovning bugungi ish kuni tumanning Mirzo Salimiy mahalla fuqarolar yig‘inida yoshlar bilan uchrashuvdan boshlandi. Samimiy muloqot tarzida kechgan tadbirda ellik nafarga yaqin yigit-qizlar turli masalalarda viloyat hokimidan yordam so‘radi. Murojaatlarning aksariyatiga shu yerning o‘zida yechim topildi.
Masalan, Qirguli mahallasidan kelgan yosh muallima Ma’mura Bahromova mental arifmetika bo‘yicha o‘quv markaz tashkil etib, bolalarga saboq berayotgani, ushbu faoliyatida zamonaviy kompyuterlarga ehtiyoj sezayotganini aytdi.
– Viloyat hokimi murojaatimni eshitib, faoliyatimdan xursand bo‘ldi, shekilli meni qo‘llab-quvvatlashini aytdi va o‘quv markazimga 5 ta kompyuter sovg‘a sifatida berilishini bildirdi, – deydi M.Bahromova. – Albatta, bundan juda xursand bo‘ldim. Uchrashuvda boshqa yoshlarning ham muammolariga ijobiy yechim topildi.
Tumanning Abu Ali Ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi tibbiyot texnikumida o‘tkazilgan sayyor qabulda viloyat hokimi va sektor rahbarlari, viloyat boshqarma va idoralar mas’ullar qatnashdi. Qabul davomida 457 ta murojaat qayd etildi.
– Konchilik bo‘yicha mutaxassisman, lekin shu paytgacha ishga joylasholmay kelayotgandim, – deydi Keshtali mahallasida yashovchi Mirza Eshmamatov.
– Sayyor qabulda ushbu masalada viloyat hokimiga murojaat qildim va kelgusi haftadan o‘z yo‘nalishimda ish boshlash imkoniyatiga ega bo‘ldim.
Ikki kun davomida qayd etilgan barcha murojaatlar viloyat hokimligi nazoratiga olindi.
Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
---|---|---|---|---|
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуриш | Ишонч телефони | 17 Noyabr 2023 | 27 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозилик | Веб-сайт | 14 Fevral 2024 | 20 Fevral 2024 | Jizzax viloyati |
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикаси | Веб-сайт | 13 Fevral 2024 | 27 Fevral 2024 | Surxondaryo viloyati |
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИ | Веб-сайт | 29 Aprel 2024 | 2 May 2024 | Toshkent viloyati |