2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Olis hudud aholisi sarson bo‘lmasligi kerak

Buxoro viloyatining eng olis hududlarida aholiga davlat xizmatlarini ko‘rsatish maqsadida jami 12 ta shoxobcha va filiallar tashkil qilindi. Bu aholi fikri, davlat xizmatlariga bo‘lgan ehtiyojni inobatga olgan holda amalga oshirildi. Shu bois joriy yilda filiallar sonini 20 taga yetkazish maqsad qilingan.

– Davlat xizmatlari agentligi viloyat boshqarmasi tomonidan bugungi kunda viloyatdagi 544 ta mahalla fuqarolar yig‘inining 290 tasida tushuntirish-targ‘ibot tadbirlari amalga oshirildi, – deydi Davlat xizmatlari agentligi viloyat boshqarmasi axborot xizmati rahbari Farrux To‘raqulov. – Unda 13 ming nafardan ortiq fuqaro qamrab olindi. Shuningdek, viloyatdagi 536 ta ta’lim muassasasining 386 tasida targ‘ibot tadbiri o‘tkazilib, bunda 15 ming nafardan ortiq o‘qituvchi va o‘quvchiga elektron davlat xizmatlaridan foydalanish tartibi o‘rgatildi. Eng muhimi, olis hudud aholisi sarson bo‘lmasligi kerak.

“Fuqarolar emas, hujjatlar harakatlanadi” tamoyili asosida mehnat qilgan Davlat xizmatlari agentligi bugungi kunga qadar jismoniy va yuridik shaxslarga tezkor, qulay va shaffof davlat xizmatlarini ko‘rsatib, xalq ko‘nglidan joy olgan tashkilotlardan biri bo‘lishga ulgurdi. Birgina agentlikning viloyat boshqarmasi tomonidan jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan murojaatlarning Qonunda belgilangan tartibda o‘z vaqtida har tomonlama va sifatli ko‘rib chiqilishi fuqarolarning tizimga bo‘lgan ishonchini yanada oshirishga xizmat qilmoqda.

2020 yilda boshqarmaga jami 400 dan ortiq murojaat kelib tushgan. Shundan 200 ga yaqin murojaat qanoatlantirilgan, 180 dan ortiq murojaatga huquqiy tushuntirish berilgan.  

Davlat xizmatlari agentligining asosiy maqsadi ham aholiga turli to‘siqlarsiz va ortiqcha hujjatlarsiz davlat xizmatlari ko‘rsatishdan iborat. Davlat rahbarining ta’biri bilan aytganda “Xalq davlat idoralariga emas, davlat idoralari xalqqa xizmat qilishi kerak”.

02.05.2021

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратишПрезидент почтаси6 May 202418 Sentabr 2024Navoiy viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикасиВеб-сайт13 Fevral 202427 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИВеб-сайт29 Aprel 20242 May 2024Toshkent viloyati

Foydali resurslar