Mamlakatimizda gematologiya kasalliklari, ya’ni o‘tkir leykoz, surunkali leykoz, kamqonlik kabi kasalliklar bilan og‘rigan bemorlarni davolash, sog‘lom hayotga qaytarish dolzarb masalalardan hisoblanadi.
Joriy yilning 14 may kuni Davlatimiz rahbari Respublika gematologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazida bo‘lib, u yerdagi shart-sharoitlar bilan tanishdi. Ana shunday kasallik bilan kasallangan bemorlar bilan muloqotda bo‘lib, soha xodimlari va mutasaddilarga muhim topshiriq va ko‘rsatmalar bergan edi.
Prezidentimizning ana shu topshiriq va ko‘rsatmalari asosida kuni-kecha viloyat hokimi G‘ofurjon Mirzayev viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i Rustam Yuldashev hamrohligida Sirdaryo viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazida bo‘lib, markazning gematologiya va o‘tkir buyrak yetishmovchiligi bo‘limlarida bo‘ldi.
Gematologiya bo‘limida davolanayotgan onkogematologik kasalliklar, ya’ni surunkali miyeloleykoz, surunkali limfoleykoz, o‘tkir leykoz, kasalliklari, davolanishi qiyin bo‘lgan kasalliklardan, aplastik kamqonlik, immun trambotsitopenik purpura, trombotsitopeniya, subleykemik miyeloz kabi kasalliklar, nasliy kasalliklardan gemofiliya-A, gemofiliya-B, nasliy gemolitik kamqonlik kasalliklari bilan og‘rigan bemorlar va sun’iy buyrak yetishmovchiligi bo‘limida davolanayotgan bemorlar bilan muloqotda bo‘lib, ularga sovg‘alar ulashdi.
Shuningdek, viloyat hokimi ushbu shifo markazning gematologiya, gastroenterologiya, pulmonologiya, nevrologiya, revmatologiya bo‘limlari uchun yangitdan qurilayotgan 100 o‘rinli binoda amalga oshirilayotgan qurilish ishlari bilan tanishdi.
– Ayni paytda, mazkur binodagi qurilish ishlari 85 foizga bajarilgan bo‘lib, iyul oyida foydalanishga topshirilishi rejalashtirilgan, – deydi viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi axborot xizmati rahbari G‘ulom Primov. – Bundan tashqari hozirgi kunda foydalanib kelinayotgan 63 o‘rinli bo‘lim ham joriy yilning so‘ngiga qadar qayta rekonstruksiya qilinadi.
Jami 163 o‘rinli yana ikkita binoni qurish va rekonstruksiya qilish ishlariga investitsiya dasturi doirasida 18 milliard 500 million so‘m mablag‘ yo‘naltirilib, qurilish va ta’mirlash ishlari pudratchi tashkilotlar tomonidan jadallik bilan olib borilmoqda.
G‘ofirjon Mirzayev joriy yilda Sirdaryo viloyatida sinov tariqasida aprobatsiyadan o‘tkazilayotgan davlat tibbiy sug‘urtasi, tibbiyot klaster tizimini joriy etish borasida amalga oshirilayotgan ishlarni muhokama qildi. Sohadagi muammolarni bartaraf etish, bemorlar uchun shart-sharoit yaratish, ular sog‘lig‘ini tiklash borasida qilinishi lozim bo‘lgan masalalar yuzasidan soha xodimlariga tegishli tavsiya va topshiriqlar berdi.
Prezidentimiz tomonidan yuklatilgan vazifalar, viloyat sog‘liqni saqlash sohasi xodimlari, boshqa mutasaddi rahbarlar va quruvchilarga berilgan tavsiya va topshiriqlar hokimlikning qat’iy nazoratiga olingani ta’kidlandi.
Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
---|---|---|---|---|
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуриш | Ишонч телефони | 17 Noyabr 2023 | 27 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозилик | Веб-сайт | 14 Fevral 2024 | 20 Fevral 2024 | Jizzax viloyati |
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикаси | Веб-сайт | 13 Fevral 2024 | 27 Fevral 2024 | Surxondaryo viloyati |
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИ | Веб-сайт | 29 Aprel 2024 | 2 May 2024 | Toshkent viloyati |