2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Aholi ish bilan band bo‘lsa, turmushi farovon bo‘ladi

Mamlakatimizda hududlarni jadal ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholi yashash sharoitini tubdan yaxshilash va hayot darajasini yuksaltirishga ustuvor ahamiyat berilmoqda. Bunda asosiy e’tibor joylarda odamlarning haqli e’tirozlariga sabab bo‘layotgan dolzarb muammolarni bartaraf etishga qaratilmoqda.

Aholini ijtimoiy himoya qilish kuchaytirilib, ularga manzilli yordam berilmoqda. Iqtisodiyot tarmoqlari faoliyatining barqarorligini ta’minlash va tadbirkorlik sub’ektlarini qo‘llab-quvvatlashda sektorlarning o‘rni beqiyos.

Xususan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus shahridagi 4-sektor hududi soliq sohasi xodimlariga biriktirilgan bo‘lib, ular tomonidan aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, ularni qiynab kelayotgan muammolar yechimini topish va ijobiy hal etish bo‘yicha salmoqli ishlar amalga oshirilmoqda. Mazkur sektor hududida 15 ta mahalla fuqarolar yig‘ini bo‘lib, ularda 90 ming nafardan ziyod aholi istiqomat qiladi.

Qulay biznes muhiti tadbirkorlikni boshlashning muhim omili bo‘lgani kabi sektor hududida aynan mana shunday qulay sharoitlarda faoliyat yuritayotgan ishlab chiqarish korxonalari, savdo va xizmat ko‘rsatish maskanlari fuqarolarning og‘irini yengil, uzog‘ini yaqin qilmoqda.

Hududdagi “National house” mas’uliyati cheklangan jamiyati tomonidan turli xil hajmdagi idishlarga qadoqlangan va 9 bosqichli filtrlanish jarayonidan o‘tgan ichimlik suvi ishlab chiqarilib, Orolbo‘yi aholisi iste’moli uchun yetkazib berilmoqda. Korxonada 82 nafar fuqaro mehnat qilayotgan bo‘lib, shundan 10 nafarini 4-sektor hududidagi yoshlar tashkil etadi. Albatta, suv – hayot. Uning minerallarga boy, aholi iste’moli uchun yuqori darajadagi sifatda tayyorlab yetkazib berish bizning asosiy maqsadimiz, deydi jamoa ishchilari.

Korxonada shuningdek, ichimlik suvi ishlab chiqarishdan tashqari qurilish uchun zarur bo‘lgan bo‘yoq mahsulotlarining 160 dan ortiq, shpaklyovkaning yuzdan ziyod turi ham ishlab chiqariladi. Jamiyatga soliq xodimlari tomonidan «Soliqchi –tadbirkorga ko‘makchi» tamoyili asosida amaliy yordamlar ko‘rsatib kelinmoqda.

– Soliq idoralari tomonidan bizga qonunchilikdagi o‘zgarishlar va yangiliklar muntazam ravishda tushuntirilmoqda, – deydi tadbirkor Serik Pirnazarov. – Shuningdek, soliqlarni hisoblash, hisobotlarni to‘g‘ri to‘ldirish va imtiyozli kredit mablag‘larini olishda yaqindan ko‘mak berib kelmoqda.

Tadbirkorlar uchun qulay biznes muhitining yaratilishi sektor hududida ishlab chiqarish korxonalarining ortib borishiga zamin yaratmoqda. «Qosbulaq» mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi «Elbrus eshiklari» mas’uliyati cheklangan jamiyati dastlab ishni ikki kishi bilan boshlab, faqat yog‘ochdan eshik mahsulotlarini ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ygan bo‘lsa, ishbilarmonlar uchun yaratilgan sharoit, qulaylik va imtiyozlar sabab faoliyatini yanada kengaytirishga erishdi. bugungi kunda bu yerda jami 80 nafar kishi doimiy ish o‘rniga ega. Milliy va Yevropa andozalari asosida ishlab chiqarilgan turli xil eshiklar, temir darvoza va temir eshiklar ko‘zni quvontiradi. Ularning bejirimligi va sifati hech bir chet davlatlarda ishlab chiqarilganlardan aslo farq qilmaydi.

– Korxonamiz 2018 yildan buyon faoliyat yuritib kelmoqda, – deydi tadbirkor Bahadir Allamuratov. – 4-sektor mutasaddilari tadbirkorlikni boshlash uchun yer ajratish, kredit mablag‘larini olishda yaqindan yordam bermoqda. Hududdagi «Ayollar daftari»da ro‘yxatda turuvchi 7 nafar ayolni va «Yoshlar daftari»da ro‘yxatda turuvchi 6 nafar yoshni ishga qabul qildik. Hozirda 300 turdan ortiq eshik, temir eshik va darvozalarni ishlab chiqaryapmiz. Yaqinda Xitoy davlatidan yangi uskunalarni olib keldik va mebel mahsulotlarini ham ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ymoqchimiz. Mana shu loyihamiz ishga tushib ketishi bilan yana 40 ta yangi ish o‘rni yaratishni rejalashtirayapmiz.

Nafaqat sektor balki Nukus shahridagi eng yirik ishlab chiqarish korxonalaridan hisoblangan «Konkret byuld» mas’uliyati cheklangan jamiyatida hozirda 72 nafar fuqaro mehnat qilmoqda. Quvonarlisi, jamiyatda ishlayotganlarning barchasi ushbu sektor hududida istiqomat qiluvchi fuqarolardir. Korxonada hozirgi kunda betondan 123 turdagi beton mahsulot ishlab chiqarilmoqda. Ushbu mahsulotlar Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi qurilish tashkilotlariga shartnoma asosida yetkazib berilayapti.Korxona tomonidan  «Yoshlar daftari»da ro‘yxatda turuvchi 25 nafar yosh kasb-hunarga o‘rgatish maqsadida 3 oylik o‘quv kursida o‘qitilmoqda. Bundan ko‘zlangan maqsad esa yoshlarga qurilish mahsulotlarini ishlab chiqarish jarayonlarini ham nazariy ham amaliy usulda o‘rgatishdan iboratdir.

– Biz hozirda ushbu o‘quv markazida beton mahsulotlarini tayyorlash, ularning rusumlari va chidamliligi bo‘yicha bilim olayapmiz, – deydi yoshlardan biri Sultan Shaudirbayev. – Albatta, bu yerda olgan bilimlarim kelgusida ish faoliyatim, yaxshi mutaxassis bo‘lishimda katta yordam beradi.

«Bo‘zovul» mahalla fuqarolar yig‘inida ham bu yil yoshlarga alohida e’tibor qaratilmoqda. Ayni paytda shakllantirilgan «Yoshlar daftari»dagi har bir yigit-qizning orzu-niyati, muammo va tashvishlari eshitilmoqda. Shu asosida ularga zarur yordam ko‘rsatish choralari ko‘rilayotir.

Miratdinga ham 4-sektorning amaliy yordami bilan issiqxona qurib berildi. «Yerni boqsang yer seni boqadi», deydi dono xalqimiz. Yerni parvarishlab, unga mehr berayotgan yosh dehqon issiqxonasiga ekkan pomidor va bodring mahsulotlarini yetishtirib, qo‘shimcha daromad topmoqchi.

– Ishsiz edim, 4-sektorga ish so‘rab murojaat qildim, – deydi Miratdin Ubaydullayev. – O‘zi asli bolaligimdan dehqonchilikka juda ham qiziqaman. Sektorning yordami bilan menga issiqxona qurib berildi.

«Qumbiz ovul» mahalla fuqarolar yig‘inidagi «Ayollar daftari»ga ro‘yxatga olinganlarning bandligini ta’minlash maqsadida tikuv mashinalari va har bir xonadonga 10 tadan tovuq tarqatilib, oilalarning daromad manbaini yaratishga va o‘z o‘zini band qilishiga ko‘maklashilmoqda. Ayzada Asenovaga oldin chorva mollarini boqish uchun 4-sektor tashabbusi bilan imtiyozli kredit mablag‘ini olishga amaliy yordam berilgan bo‘lsa, endi oilasiga yana 10 ta tovuq topshirildi.

Hududda istiqomat qiluvchi Aytgul Keunimjayevaning o‘zi ham turmush o‘rtog‘i ham ishsiz. Tikuvchilik hunari esa unga ona meros. Sektor tomonidan unga tikuv mashinasi topshirildi. Natijada, sevimli ishi bilan shug‘ullanish imkoniyatiga ega bo‘ldi.

Joylarda sektorlar tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar aholi, shu jumladan ayollar va yoshlar bandligi, ularning farovon hayotini ta’minlash va bugungi kundan rozi bo‘lib yashashlariga xizmat qilmoqda. Nukus shahridagi 4-sektor hududida olib borilayotgan ishlar buning yaqqol isbotidir.

 

24.05.2021

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратишПрезидент почтаси6 May 202418 Sentabr 2024Navoiy viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикасиВеб-сайт13 Fevral 202427 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИВеб-сайт29 Aprel 20242 May 2024Toshkent viloyati

Foydali resurslar