O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi Ishchi guruhi Qoraqalpog‘iston Respublikasida bo‘lib, shahar va tuman sektor rahbarlari, kotiblarining hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi, aholi bilan ishlash sohasidagi zamonaviy bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlashga amaliy ko‘mak bermoqda.
Davlatimiz rahbari joriy yil 18-19 fevral kunlari sanoat korxonalari, qishloq xo‘jaligi loyihalari, bunyodkorlik ishlari bilan yaqindan tanishish, mahallalardagi sharoitni o‘rganish maqsadida Namangan viloyatiga tashrifi davomida Agentlikka shahar va tuman sektor rahbarlarining “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”ga kiritilgan oilalar va undagi a’zolari bilan ishlash bo‘yicha faoliyatini baholab borish maqsadida har chorakda ijtimoiy so‘rovlar o‘tkazish orqali aholining sektorlar faoliyatidan qoniqish darajasini o‘rganishni tashkil etish vazifasini belgilab bergan edi.
Ushbu topshiriq ijrosini ta’minlash maqsadida Xo‘jayli tumani hokimligida tashkil etilgan seminarda Xo‘jayli, Nukus, Taxiatosh tumanlari sektor rahbarlari va hokim o‘rinbosarlari ishtirok etdi.
Seminar davomida sektorlar faoliyatini 13 ta ko‘rsatkich asosida yangi joriy etilgan baholash tizimi mexanizmi va joriy yil yanvar-aprel oylari reyting ko‘rsatkichlari natijalari muhokama qilinib, sektorlarda “mahallabay” va “fuqarobay” ishlash bo‘yicha amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar tushuntirildi.
Shu bilan birga, shahar va tuman hokimlari va ularning o‘rinbosarlarining 2021 yil 1 chorak yakunlari bo‘yicha eng muhim samaradorlik ko‘rsatkichlari reytingi natijalari muhokama qilinib, EMSK bo‘yicha belgilangan prognoz ko‘rsatkichlariga erishilishi bo‘yicha amalga oshirayotgan ishlari yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi.
Tadbirda shuningdek, “Temir daftar”, “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari”ga kiritilgan shaxslar bilan ishlash bo‘yicha sektorlarda olib borilayotgan ishlar tahlil qilindi. Mazkur yo‘nalishdagi ishlarni samarali tashkil etish bo‘yicha mutasaddilar tomonidan tavsiyalar berildi.
Shu mavzudagi seminar Qonliko‘l tumanida ham bo‘lib o‘tdi. Unda Qonliko‘l, Shumanoy va Qo‘ng‘irot tumanlari sektor rahbarlari va hokim o‘rinbosarlari ishtirok etdi.
Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
---|---|---|---|---|
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуриш | Ишонч телефони | 17 Noyabr 2023 | 27 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозилик | Веб-сайт | 14 Fevral 2024 | 20 Fevral 2024 | Jizzax viloyati |
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикаси | Веб-сайт | 13 Fevral 2024 | 27 Fevral 2024 | Surxondaryo viloyati |
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИ | Веб-сайт | 29 Aprel 2024 | 2 May 2024 | Toshkent viloyati |