“Obod qishloq” Davlat dasturi amalda
Prezidentimiz tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan “Obod qishloq”, “Obod mahalla” dasturlari doirasida joriy yilda Andijon viloyatidagi tanlab olingan mahallalarda ham keng ko‘lamli qurilish, obodonlashtirish ishlari amalga oshirilmoqda. Buni Izboskan tumanidagi Urganji mahallasida mazkur dastur doirasida olib borilayotgan ibratli ishlar misolida yaqqol ko‘rish mumkin.
Andijon viloyati hokimi Shuhratbek Abdurahmonov mazkur mahallada bo‘lib, olib borilayotgan ishlar bilan tanishdi. Hududda ish olib borayotgan mutasaddi tashkilotlar rahbarlari va mahalla aholisi bilan muloqot o‘tkazdi.
Unda viloyat hokimi mahalla qiyofasini tubdan o‘zgartirish, aholining turmush farovonligini oshirish, mahalla yoshlarining ta’lim va tarbiya olishlari uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, umuman, fuqarolarning hayotdan roziligiga erishish uchun qilinishi kerak bo‘lgan ishlarga to‘xtaldi.
Ayniqsa, aholi bandligini ta’minlash, shuningdek, tadbirkorlikni rivojlantirish, tomorqadan unumli foydalanish borasidagi ishlarni yanada yuqori bosqichga ko‘tarish yuzasidan fikr-mulohazalar bildirdi. Aholining tadbirkorlik bilan shug‘ullanishi bo‘yicha berilayotgan imtiyozlar xususida alohida to‘xtaldi.
Tijorat banklari tomonidan aholiga 20 dan ortiq turdagi kredit mablag‘lari taklif etildi.
– Ayni kunda mahallamizda 3 ming nafardan ziyod aholi istiqomat qiladi, – deydi “Urganji” mahalla fuqarolar yig‘ini raisi Nafosat Mahkamova. – “Obod mahalla” dasturi doirasida olib borilayotgan ishlardan katta-kichik xursand. Chunki mahallamiz qiyofasi tubdan o‘zgarib, infratuzilmasi yanada yaxshilanmoqda, aholi uchun qator qulayliklar yaratilmoqda.
Mahalladagi mavjud 12 ta ko‘chaning barchasi kundan kunga obod bo‘lmoqda. Mahalla hududidagi 850 o‘rinli 43-umumta’lim maktabi joriy ta’mirdan chiqarildi. Shuningdek, 90 o‘rinli maktabgacha ta’lim tashkilotida qurilish, rekonstruksiya ishlari olib borilmoqda. Natijada mazkur maskan barcha qulayliklarga ega, 210 o‘rinli tarbiya maskaniga aylanadi.
Dastur doirasida 14 kilometr ichimlik suvi tarmog‘i tortilishi, qator ko‘chalarga sheben, asfalt yotqizilishi, elektr tarmog‘i uchun 120 ta beton ustun o‘rnatilishi rejalashtirilgan. Ayni kunga qadar 2 ta elektr energiyasini taqsimlash qutisi keltirilib, 26 ta beton ustun o‘rnatildi.
Muloqotda mahallada mazkur yo‘nalishdagi ishlar izchil va reja asosida davom ettirilishi aytildi.
Aholining turmush farovonligini yuksaltirishga qaratilgan bu kabi ishlar yurtdoshlarimiz qalbida shukronalik, ertangi kunga bo‘lgan ishonch va umid tuyg‘ularini yanada mustahkamlamoqda.
Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
---|---|---|---|---|
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуриш | Ишонч телефони | 17 Noyabr 2023 | 27 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозилик | Веб-сайт | 14 Fevral 2024 | 20 Fevral 2024 | Jizzax viloyati |
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикаси | Веб-сайт | 13 Fevral 2024 | 27 Fevral 2024 | Surxondaryo viloyati |
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИ | Веб-сайт | 29 Aprel 2024 | 2 May 2024 | Toshkent viloyati |