2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
“Bir chelak suv sotib olishga pul topmagan kunlarimiz ham bo‘lgan”

Farg‘ona viloyati Bag‘dod tumanining “Muruvvat” mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi Guliston qishlog‘ida aholini toza ichimlik suvi bilan ta’minlash ishlari bosqichma-bosqich olib borilmoqda. Bugun hududdagi 52 ta xonadonga obi hayot kirib bordi.

Dilrabo Atalikova oilasi bilan 3 yildan buyon shu qishloqda yashaydi. Bu tomonlarga ko‘chib kelibdiki, ichimlik suvini naqd puliga sotib olgan yo bo‘lmasa, 2-3 chaqirim masofadan tashib keltirgan. Uning o‘zi bu haqda shunday deydi:

–  Juda og‘ir sharoitda yashadik. Suvni eshak aravalarda tashib ichganmiz. Gohida bir chelak suv sotib olish uchun pul topolmagan kunlarimiz ham bo‘lgan. Tomorqani-yu aytmasangiz ham bo‘ladi. Bitta giyoh undirolmasdik. Ekkan daraxtlarimiz mevasidan bolalarimiz yermikan, deb jonimiz halak edi. Xudoyimga aytganimiz bor ekan, ming shukr. Bugun meniki kabi 50 dan ortiq hovlida suv keldi. Judayam baxtiyormiz. Sevinchimiz ichimizga sig‘may ketyapti. Qo‘ni-qo‘shnilar bir-birini tabriklashib, “suv bayrami” qilib yurishibdi. Shu ishlarning boshida turgan Prezidentimizga rahmat.

“Obod qishloq” Davlat dasturi bo‘yicha Guliston qishlog‘ida 10,8 kilometr masofada tarmoq tortish, 2 ta tik artezian qudug‘i va 300 metr/kub sig‘imga ega bo‘lgan suv saqlash inshooti qurilishi rejalangan. “Farg‘ona suv ta’minoti” MCHJ tuman bo‘limi boshlig‘i Zafarjon Usmonovning aytishicha hozirga qadar 5.5 kilomter masofada tarmoq tortish ishlari yakunlangan.

06.06.2021

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратишПрезидент почтаси6 May 202418 Sentabr 2024Navoiy viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикасиВеб-сайт13 Fevral 202427 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИВеб-сайт29 Aprel 20242 May 2024Toshkent viloyati

Foydali resurslar