2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Xayrli tashabbus: ehtiyojmand oilalarga ko‘mak

Andijon viloyati Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash boshqarmasi, Xotin-qizlar jamoatchilik kengashi tashabbusi bilan «Mehrimizdan bir tomchi» deb nomlangan aksiya o‘tkazildi.

Aksiya doirasida aholidan ixtiyoriy ravishda viloyatning tuman va shaharlarida istiqomat qiluvchi ehtiyojmand, jismoniy imkoniyati cheklangan, shuningdek, boquvchisini yo‘qotgan oilalarga taqdim etish uchun ayollar, bolalar kiyim-kechaklari, idish-tovoqlar yig‘ildi.

– Mehr-oqibat, muhtojlarga ko‘maklashish maqsadida uyushtirilgan xayrli tashabbusda viloyatimizning faol ayollari hamda otinoyilar faollik ko‘rsatdi, – deydi viloyat bosh otinoyisi Shoiraxon Qosimova. – Aksiya davomida yig‘ilgan kiyim-kechak va jihozlar ehtiyojmand oilalarga taqdim etilib, oz bo‘lsada, ularning og‘irini yengil qilishga, turmushlarini chiroyli bo‘lishiga ko‘maklashilmoqda.  

Xayrli tashabbus mehr-oqibat, muhtojlarga saxovat ko‘rsatishdek xalqimizga xos ezgu ishlarning yorqin namunasidir.  

08.06.2021

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратишПрезидент почтаси6 May 202418 Sentabr 2024Navoiy viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикасиВеб-сайт13 Fevral 202427 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИВеб-сайт29 Aprel 20242 May 2024Toshkent viloyati

Foydali resurslar