2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
“Obod qishloq”dagi ko‘rkam maktablar

Prezidentimiz tashabbusi bilan yurtimizda “Obod qishloq”, “Obod mahalla” dasturi amalga oshirilayotgani chekka qishloqlarga ham yangicha nafas olib kirmoqda. Jumladan, To‘raqo‘rg‘on tumanidagi bir qator ta’lim muassasalari ham dastur asosida o‘zgacha qiyofa kasb etmoqda.

Ulardan biri Guliston mahallasidagi 15-maktabdir. Qishloq ahlining 780 nafardan ziyod farzandi ta’lim-tarbiya olayotgan mazkur ta’lim muassasasi 1973 yilda bunyod etilgan. 2004 yilda joriy ta’mirdan chiqarilgan. — Eski eshik va deraza romlari har yili bo‘yalgani bilan sinig‘ini berkitib bo‘lmasdi. Ayrim xonalarning suvog‘i to‘kilgan devorini yamab oxiriga etolmasdik. Elektr energiyasi, isitish tizimini gapirmasa ham bo‘ladi. Bino qishda isimasdi, sovuq tufayli o‘quvchilar o‘rtasida shamollash ko‘p, bu esa o‘z navbatida davomat, bilim samaradorligiga salbiy ta’sir qilardi. Hududda amalga oshirilayotgan «Obod qishloq» Davlat dasturida belgilangan obodonlashtirish ishlari bizning maktabdayam bajarildi, kamchiliklar bartaraf etildi, — deydi maktab direktorining o‘rinbosari Umid Abdullaev. — Ta’mirlash ishlariga davlat byudjetidan 538,8 million so‘m ajratildi. Qurilish-ta’mirlash yumushlarini «To‘raqo‘rg‘onobodqurilishinvest» MChJ bunyodkorlari olib bordi. 

Eshik va derazalar zamonaviy plastik romlarga almashtirildi, isitish va yoritish tizimi yangilandi, bugungi kun talabiga javob bermaydigan sinf xonalari va o‘quv laboratoriyalari ta’mirlandi hamda pardozlash, tashqi devorni tiklash, maktab hovlisini obodonlashtirish ishlari bajarildi. Jarayonning borishi, bajarilayotgan ishlar sifatini nafaqat buyurtmachi tashkilot, balki qabul qilib oluvchi viloyat xalq ta’limi boshqarmasi, tuman xalq ta’limi bo‘limi, jamoatchilik vakillari nazorat qilib bordi. 

— 120 metr uzunlikdagi tashqi devorni tiklab, 944 kv/metr maydon obodonlashtirildi, — dedi pudratchi. — Har kuni 30 nafar quruvchi mehnat qildi. Ish sifati va sur’atiga talab jiddiy bo‘ldi. 

Pardozchi ustalarning qo‘li tekkan sinfxonalarni aylanamiz. Devorlar sirti xuddi randalangandek tekis. Buni ularning tilida aytganda «nolga o‘ldirish» deyiladi. Qirralar ip tortilgandek tik va to‘g‘ri, choklar bilinmaydi. Ishlatilgan bo‘yoqlar sifati, rangi ham ko‘ngildagidek. Shinam va yorug‘ o‘quv xonalari, ichki yo‘laklar va fan laboratoriyalari bunyodkorlar qo‘lidan chiqqan zahoti stol-stullari olib kirilib, Davlat ta’lim standartlari talablari asosida jihozlangan va o‘quv-ko‘rgazmali vositalar o‘rnatilgan. 

— Ilgari yangi ta’mirlangan maktab yoki maktabdan tashqari ta’lim muassasalarida bolalar salomatligi me’yorlarini ta’minlashga sust e’tibor berilgan. Natijada ayrim ta’lim muassasalaridagi o‘quv xonalarida yoritish, isitish, havo namligi va tegishli haroratni ushlab turish kabi shart¬lar bajarilmagan, — deydi To‘raqo‘rg‘on tuman xalq ta’limi bo‘limi mudiri Bahodir To‘ychiev. — Biz bu yil qurilish-ta’mirlash ishlarida ana shu me’yorlar saqlanishini alohida nazoratga oldik. Zero, buning zamirida o‘quvchilarning sog‘lig‘i turadi. Deylik, yorug‘lik belgilanganidan kam bo‘lsa, o‘qish va yozish paytida bolaning ko‘rish qobiliyati zo‘riqadi. Sinf xonasining yaxshi isimasligi yoki namlikning ortib ketishi zotiljam, revmatizm, pnevmoniya kabi xastaliklar rivojlanishiga bosh omildir. Shuni nazarda tutib, tegishli mutaxassislar ishtirokida nuqsonlar tuzatildi. 

Oqtosh mahallasida joylashgan 61-maktabda ham «Obod qishloq» Davlat dasturiga ko‘ra, 474,8 million so‘mlik qurilish-ta’mirlash ishlarini bajarish ko‘zda tutilgan edi. Bosh pudratchi bo‘lgan maktabda binoning ichki va tashqi qism¬lari to‘liq ta’mirlanib, issiqlik tizimi butunlay yangilandi.— Uch farzandim shu erda o‘qiydi, — deydi maktab bilan qo‘shni hovlida istiqomat qiluvchi Rohatoy Botirova. — Quruvchilarning sa’y-harakati tufayli har kuni ko‘rkamlashib borayotgan maktabga qarab quvonaman. Bolalarim endi qishdayam issiq xonada o‘qiydi, shinam va yorug‘ maktab bag‘rida ulg‘ayadi. Ko‘p yillardan buyon echilmayotgan suv muammosiga ham echim topildi. Ko‘chamizni ko‘ring, tekis va ravon. Har bir hovli, har bir bino yangidan qurilgandek o‘zgacha chiroy ochdi. 

To‘raqo‘rg‘onda yana bir bilim dargohi — 30-maktabni ham mukammal ta’mirlash bo‘yicha loyihalash ishlari boshlangan. Bu maktabda 490 million so‘mlik qurilish-ta’mirlash ishlari bajariladi. Tumanda ta’lim muassasalarini 2018-2019 o‘quv yiliga tayyorlash bo‘yicha qabul qilingan «Harakatlar dasturi»ga muvofiq jami 56 ta maktab, 2 ta IDUM, bitta maxsus maktab-internat va «Barkamol avlod» bolalar markazida boshlangan keng ko‘lamli ishlar yakuniga etkazildi. 

9-maktab direktori Qayumjon Karimov shunday deydi: 

— O‘quv binolarimizni uch yilda birinchi marotaba ta’mirladik. Chunki o‘quvchilarning maktab mulkiga munosabati juda yaxshi. Mebellardan tortib, darsliklargacha, hatto bino va boshqa inshootlar ham davlat — ya’ni xalq mulki ekanligi, mamlakatimizning kuch-qudrati ana shu mulkni asrab-avaylashgayam bog‘liqligini turli usullar orqali singdira olganimiz uchun biron buyum yoki jihozga shikast etkazilmadi. 

Maktabning did bilan bo‘yalgan o‘quv xonalarida ko‘rgazmali qurollar, pannolar va shiorlar tartib bilan o‘rnatilgan. Har biri ma’lum maqsadga yo‘naltirilgan. Sinf xonalarini bezash va jihozlashda Xalq ta’limi vazirligi tavsiya qilgan mezonlarga amal qilingan. Oddiy, hashamsiz, tushunarli va kerakli manbalar aks etgan. Yangi o‘quv yilining dars jadvali, fan va ijodiy to‘garaklar, sport sektsiyalarining ishlash jadvali osilgan kirish yo‘lagi darrov e’tiboringizni tortadi. 14 ta sinf xonasi yorug‘ va ozoda. Informatika xonasidagi kompyuterlar tartib bilan raqamlangan hamda yangi o‘quv yilida shu kompyuterda ishlaydigan o‘quvchilar nomi yozib qo‘yilgan. 

—    Har bir buyumning egasi bo‘lishi kerak, — dedi Qayumjon Karimov. — Shunda unga munosabat o‘zgaradi. Mas’uliyat his etib, o‘quvchi uni o‘zinikidek avaylashga intiladi. Natijada foydalanish muddati uzayadi, shikast etmaydi. Bizda maktab partasi ham alohida o‘quvchining tasarrufida va nazoratida. 

O‘quvchining qalbida “maktab bizniki” degandan ko‘ra, “maktab meniki!” degan tuyg‘uni shakllantirishning oddiy yo‘li shu bo‘lsa kerak. 

Bu erda mahalliy hokimiyat ko‘magi va ichki imkoniyatlardan kelib chiqib, chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik va texnologiya fanlari uchun maxsus o‘quv xonasi barpo etildi. Yangi o‘quv yiliga, kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik bo‘yicha pedagoglar jamoasining tajribasini ommalashtirish maqsadida amaliy seminar ham o‘tkazildi. Tumandagi boshqa maktablar shu erdan andoza olishdi. 

Shu kuni tumandagi 23-, 44-, 51-maktablarda yangi o‘quv yili munosabati bilan amalga oshirilgan tayyorgarlik ishlari bilan tanishdik. 44-maktabda o‘quvchilarning darsliklarga bo‘lgan ehtiyoji qanday qondirilgani bilan qiziqdik. Direktor o‘rinbosari Ra’no G‘iyosovaning ta’kidlashicha, 849 nafar o‘quvchi uchun barcha fanlar bo‘yicha darsliklar etkazib berilgan. 

— 5—8-sinflar uchun 14 komplekt darslik etishmagandi. Tuman xalq ta’limi bo‘limi orqali bu muammoni hal qildik. Darsliklar ortib qolgan boshqa maktablar hisobidan qoplandi, — deydi direktor o‘rinbosari. — Bu yil 1-sinfga 85 nafar o‘quvchini qabul qildik. 

Maktab direktori Dildora Xudoynazarovaning aytishicha, shahar(tuman) xalq ta’limi bo‘limlari qoshida markazlashgan ekspluatatsiya bo‘limlari tashkil etilgani maktab mas’ullari ishini ancha engillashtirdi. Elektr ustasi yoki santexnik qidirib, ham vaqtdan, ham ish sifatidan yutqazgan rahbarlar endilikda shu erning o‘zida barcha muammosini hal etyapti. Avvallari malakali mutaxassis uchramasa, to‘g‘ri kelgan ustalar xizmatidan ham foydalanilgan. Endi buyurtma berilgach, nosozlik malakali mutaxassislar tomonidan tuzatiladi. Guruh xodimlari shu kuni bu erda kimyo-biologiya fanlari laboratoriyasining suv tizimini sozlash bilan bandligini ko‘rib, bu gapda jon bor ekan, dedik. Chilangar va santexnik ishlayotgan xonada amaliy mashg‘ulotlar uchun jihozlar ham etarli. 

G‘anisher AKBAROV

15.09.2018

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратишПрезидент почтаси6 May 202418 Sentabr 2024Navoiy viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикасиВеб-сайт13 Fevral 202427 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИВеб-сайт29 Aprel 20242 May 2024Toshkent viloyati

Foydali resurslar