O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi T.Norboyeva, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi Raisi M.Kamalov Ellikqal’a tumanida bo‘ldi.
Senat Raisi dastlab "Aqchako‘l” ovul fuqarolar yig‘ini hududidagi xotin-qizlar va yoshlarni kasbga o‘qitish bo‘yicha tashkil etilgan “O‘quv markazi” faoliyati bilan tanishdi. Ushbu markazda “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”dagi o‘qiyotgan xotin-qizlar bilan suhbatlashdi.
So‘ng o‘quv markazida "Aqchako‘l” ovul fuqarolar yig‘ini hududida mahallabay ishlash, “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlar bandligini ta’minlash maqsadida tashkil etilayotgan loyihalar bilan tanishdi. “Ayollar maslahat kengashi” a’zolari bilan muloqot qildi.
Keyin esa "Bo‘ston” mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi “Yoshlar mehnat guzari”da tashkil etilgan xizmatlar sohasida amalga oshirilgan ishlar bilan tanishdi. Bu yerda faoliyat olib borayotgan xotin-qizlar bilan suhbatlashdi.
Yoshlarimiz uchun yaratilgan shart-sharoitlar, repetitorlik faoliyati, dars jarayoni bilan tanishdi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi T.Norboyeva Amudaryo tumanida ham bo‘ldi.
Dastlab tumandagi Durunki mahallasida bo‘lib, faollar, aholi hamda yoshlar bilan uchrashdi.
Uchrashuv mobaynida tumanda ilm-fan, sport sohasida yuqori marralarni egallayotgan yoshlarga esdalik sovg‘alari topshirildi.
Shundan keyin “O‘rta qal’a chorvadori” agrofirmasi faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Senat Raisi 2020 yil mavsumida 2 tonnadan ortiq yuqori sifatli asal yetishtirib, 90 million so‘m sof foyda ko‘rgan agrofirma rahbari bilan muloqot qilib, tadbirkorning ishsiz yoshlarni o‘qitish orqali bandligini ta’minlash va asalarichilikni rivojlantirishga qo‘shayotgan hissasiga yuqori baho berdi.
Senat Raisi mahallalarda ham bo‘lib, pilla yetishtirish va gilam to‘qish orqali daromad olayotgan oilalar, o‘z-o‘zini ish bilan band qilayotgan xotin-qizlar faoliyati bilan ham yaqindan tanishdi.
T.Norboyeva tuman Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash bo‘limi binosida xodimlar uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishib, ularning ish jarayonini kuzatdi.
Tuman faollari hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi va Xalq deputatlari tuman kengashi deputatlari bilan uchrashuv o‘tkazildi. Unda Senat Raisi mahalliy Kengash faoliyatini yanada jonlantirish, tumanni iqtisodiy va ijtimoiy jihatdan yanada rivojlantirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar berdi.
Tadbir davomida "Temir daftar" va "Ayollar daftari"da turgan yurtdoshlarimizga sovg‘alar topshirildi.
Senat Raisining Orolbo‘yiga tashrifi davom etmoqda.
Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
---|---|---|---|---|
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуриш | Ишонч телефони | 17 Noyabr 2023 | 27 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозилик | Веб-сайт | 14 Fevral 2024 | 20 Fevral 2024 | Jizzax viloyati |
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикаси | Веб-сайт | 13 Fevral 2024 | 27 Fevral 2024 | Surxondaryo viloyati |
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИ | Веб-сайт | 29 Aprel 2024 | 2 May 2024 | Toshkent viloyati |