2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Sudya olis qishloq odamlarini eshitdi

Samarqand viloyat sudi raisining o‘rinbosari – jinoyat ishlar bo‘yicha sudlov hay’ati raisi T.Boyzoqov Nurobod tumanining chekka hududi, aholisi ko‘p hisoblangan Jom qishlog‘ida sayyor qabul o‘tkazdi.

 Shu qishloqda yashovchi E.Bekmurodov va N.Abdunazarova nomiga olingan kredit yuzasidan majburiy tartibda fuqarolik sudining qarori chiqqanidan norozi bo‘lib murojaat qildi. Ularga huquqiy tushuntirish berildi va yo‘l-yo‘riq ko‘rsatildi.

 Ittifoq mahallasida yashovchi Sh.Xushvaqtov jinoyat ishlari bo‘yicha Nurobod tuman sudining qaroridan norozi bo‘lib murojaat qildi. Apellyatsiya shikoyati berish muddatini tiklash to‘g‘risida iltimosnoma berish tartibi tushuntirildi.

 B.Esanov sodir qilgan noqonuniy qilmishi uchun muayyan huquqdan mahrum qilish jazosini, N.Norbo‘tayev ozodlikdan cheklash jazosini o‘tayotgan edi. Ular jazodan to‘g‘ri xulosa chiqarganligini, qilmishidan pushaymonligini bildirib, jazodan muddatidan ilgari shartli ozod qilishni so‘radi. Har ikkala holat batafsil o‘rganib chiqildi. Shu yerda sayyor sud tashkil etilib, ular jazodan muddatidan oldin shartli ravishda ozod qilindi.

 Sayyor qabul davomida 30 nafardan ortiq fuqaroning murojaati tinglandi.

29.06.2021

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратишПрезидент почтаси6 May 202418 Sentabr 2024Navoiy viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикасиВеб-сайт13 Fevral 202427 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИВеб-сайт29 Aprel 20242 May 2024Toshkent viloyati

Foydali resurslar