Buxoro viloyati Jondor tumanidagi Luqmon mahallasi eng og‘ir hududlar sirasiga kiritilgan edi.
Hududdagi ko‘plab aholidan kelib tushgan murojaatlar hamda Xalq qabulxonasi va sektorlarning uyma-uy yurish va ijtimoiy ob’ektlarni o‘rganish orqali aniqlangan muammolari asosida Luqmon mahallasi 2021 yilda "Obod qishloq" dasturiga kiritildi.
– Hududda 3 ming nafardan ortiq aholi istiqomat qiladi, – deydi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Jondor tumanidagi Xalq qabulxonasi mudiri Ixtiyor Karimov. – Xonadonlar soni 780 tani, oilalar soni esa 917 tani tashkil etadi. bugungi kunda Luqmon mahallasi Yuqori Luqmon qishlog‘ida “Obod qishloq” dasturi doirasida keng ko‘lamli qurilish va ta’mirlash ishlari olib borilmoqda.
Luqmon qishlog‘ida 19,050 km uzunlikda suv quvurlarini o‘tkazish hamda 1 ta suv inshootini rekonstruksiya qilib ishga tushirish rejalashtirilgan. Mazkur loyihalarni amalga oshirish uchun 4,2 milliard so‘m mablag‘ ajratilishi belgilangan. Luqmon qishlog‘idagi qurilish ishlari “Jondor Iris stroy” MCHJ tomonidan amalga oshirilmoqda. Hozirgi kunga qadar 8,2 kilometr uzunlikda ichimlik suvi tortilgan.
Qishloqda 12,3 kilometr masofada elektr tarmoqlarini tortish, 1 ta yangi transformator qurish maqsadida tarmoq korxona mablag‘lari hisobidan 1 milliard 221,6 million so‘m ajratish belgilangan. Bu bilan hududdagi aholining elektr energiyasiga bo‘lgan talabini to‘laqonli qondirish mumkin bo‘ladi. Mahallaga 60 ta tungi yoritish chiroqlari o‘rnatilishi rejalashtirilgan. Hozirgi kunda ushbu tungi yoritish chiroqlarining 30 tasi o‘rnatilgan. Shuningdek, Luqmon qishlog‘ida 1 kilometr masofada piyodalar yo‘lagi qurilishi rejalashtirilgan. 400 metr piyodalar yo‘lakchasida qurish ishlari amalga oshirilgan.
Hududdagi 36-umumta’lim maktab binosi 1985 yilda qurilgan bo‘lib, sig‘imi 1 ming 176 o‘ringa moslashtirilgan. Maktab ancha yillardan buyon ta’mirlanmay qolganligi sababli achinarli holatga kelib qolgan edi. Dastur doirasida maktab binosini kapital remont qilish uchun 5,2 milliard so‘m pul ajratilib, hozirgi kunda qurilish ishlari davom etmoqda.
Xalq qabulxonasi tomonidan tumandagi "Obod qishloq" dasturiga kiritilgan mahallalarda olib borilayotgan ishlar doimiy ravishda monitoring qilib borilmoqda.
Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
---|---|---|---|---|
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуриш | Ишонч телефони | 17 Noyabr 2023 | 27 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозилик | Веб-сайт | 14 Fevral 2024 | 20 Fevral 2024 | Jizzax viloyati |
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикаси | Веб-сайт | 13 Fevral 2024 | 27 Fevral 2024 | Surxondaryo viloyati |
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИ | Веб-сайт | 29 Aprel 2024 | 2 May 2024 | Toshkent viloyati |