Davlatimiz rahbarining yurtdoshlarimiz, oddiy odamlar bilan suhbati hamisha oddiy va shu bilan birga samimiy, dildan kechganiga doim guvoh bo‘lganmiz.
Lekin Prezidentimizning yoshlar bilan muloqoti ayricha jo‘shqinlik, qadrdonlik ruhida, samimiyat muhitida bo‘lib o‘tadiki, bunday dildan suhbatlar har qanday odamning e’tibori va havasini o‘ziga jalb etishi muqarrar.
30 iyun kuni Prezidentimizning mamlakatimiz yoshlari bilan muloqoti, Yoshlar kuniga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi ma’ruzasi kattayu kichikning tiliga tushgan. O‘sha muloqot davomidagi samimiyat yurtdoshlarimiz, eng avvalo yoshlar, ijodkor ziyolilar, o‘qituvchilar, keng jamoatchilikning diliga ko‘chgan. Unda yoshlar hayotining barcha jabhalariga oid masalalar, muammo, ham qiyinchiliklar boricha o‘rtaga tashlandi. Ayni paytda muammoning yechim yo‘llari ham batafsil tushuntirib, izohlab berildi. Demakki, mamlakat rahbari yoshlar hayotiga daxldor bo‘lgan barcha jihatlarni ipidan ignasigacha o‘rgangan, tahlil etgan.
Yangilanib borayotgan O‘zbekistonimizni yoshlarning shijoati, jo‘shqinligi, kuch-g‘ayratisiz tasavvur etib bo‘lmaydi. Mustaqil Vatanimiz tarixining yangi sahifalari yaratilayotgan bunday mas’uliyatli davr shiddatida mehnatsevar, o‘z taqdirini Vatan istiqboli, uning ertasi bilan uzviy bog‘lagan yoshlarning ham azmu shijoati borligi g‘oyat quvonchlidir.
Mamlakatimizda ilgari surilayotgan yangi tashabbuslar - Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarning tashkil etilishi, ta’lim sohasidagi o‘zgarishlar yigit-qizlarning kamolot yo‘lida yangi yutuq va marralarni egallashida asosiy omil bo‘lmoqda. Bular xalqaro fan olimpiadalarida o‘g‘il-qizlarimiz tomonidan qo‘lga kiritilgan yutuqlarda, oliy ta’limga yoshlar qamrovining sezilarli darajada ortganida, farzandlarimiz bir vaqtning o‘zida bir necha nufuzli xorijiy oliy o‘quv yurti talabalari safiga qo‘shilayotganida, jamiyat hayoti, boshqaruv idoralariga iqtidorli yoshlarning faol jalb etilayotganida va yana yoshlar bilan bog‘liq ko‘p jarayonlarda ko‘zga yaqqol tashlanmoqda.
Muloqot davomida yoshlarning mehnat bilan bandligi, ularni ishga joylashtirish, ta’lim tizimi islohotlarini yanada takomillashtirish, yigit-qizlarni sportga jalb etish, ularning kitobxonlik madaniyatini oshirish, tadbirkorlik g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha dolzarb masalalar ochiq-oydin o‘rtaga tashlandi. Ayni paytda mavjud muammolarni hal etish yo‘llari sifatida ko‘plab yangi g‘oyalar, ma’rifiy, ijtimoiy loyihalar, dasturlarni amaliyotga joriy etish yo‘llari ko‘rsatib o‘tildi. Hayotiy takliflar o‘rtaga tashlandi. Yoshlarning o‘z muammolari girdobida qolib ketmasligi yo‘lida mutasaddilar, tegishli vazirlik va idoralar, tashkilotlar, korxonalar rahbarlari ham faol hissa qo‘shmog‘i zarurligi yo‘llari belgilandi. Ayniqsa, bugungi dunyoda kechayotgan murakkab va tahlikali bir davrda yoshlarning odobi, axloqi, xulqi, dunyoqarashi, hayotiy qarashlari, fuqarolik pozitsiyasi, ma’naviyati to‘g‘ri shakllanishida butun jamiyat mas’ulligi ogohlik chorlovidek yangradi.
Yoshlik - inson umrining bahori. Uning o‘zanini to‘g‘ri yo‘llarga boshlash, yigit-qizlarning hayotiy mayog‘i risoladagidek nur sochishi, ularni qing‘ir va zulmat yo‘llaridan asrab-avaylashga butun jamiyatimiz mas’ul bugun.
Ba’zan betgachopar, xudbin, birovi shoshqaloq, kimdir sharttaki bo‘lgan yoshlarimizning bari aslida beg‘ubor, toza qalb sohiblari, shu yurt rivojiga hissa qo‘shishga, aziz hamyurtlari og‘irini yengil etishga, Vatan taqdirida o‘z taqdiri, hayotini ko‘rishga shaylangan, ezgulikka xayrixoh yoshlardir. Bugun ularning pok orzusi ijobati yo‘lidagi xayrli qadamlar, ezgu tashabbuslarga hissa qo‘shish barchaning muqaddas burchidir.
Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
---|---|---|---|---|
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуриш | Ишонч телефони | 17 Noyabr 2023 | 27 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозилик | Веб-сайт | 14 Fevral 2024 | 20 Fevral 2024 | Jizzax viloyati |
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикаси | Веб-сайт | 13 Fevral 2024 | 27 Fevral 2024 | Surxondaryo viloyati |
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИ | Веб-сайт | 29 Aprel 2024 | 2 May 2024 | Toshkent viloyati |