Sirdaryoda “Mahalla” xayriya jamoat fondi ko‘magi asosida tayanch va harakat a’zolarida muammosi bor bo‘lgan va “Temir daftar”ga kirgan fuqarolarda jarrohlik amaliyoti o‘tkazilmoqda.
Moddiy daromad manbasi bo‘lmagan, ishsiz, ehtiyojmand aholi qatlamini qo‘llab-quvvatlash va “Temir daftar”ga kiritilgan fuqarolar sog‘ligini tiklash borasida Sirdaryoda xayrli ishlar amalga oshirilmoqda.
V.Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, Respublika bolalar milliy tibbiyot markazi, Respublika ixtisoslashtirilgan travmatologiya va ortopediya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi kabi tibbiyot muassasalari bilan hamkorlik aloqalari o‘rnatildi.
Bemorlarning ahvoli va tashxis natijasiga qarab yurak, qon-tomir, neyroxirurgiya, bosh miya, oshqozon-ichak, ko‘krak qafasi, organizm tayanch va harakat a’zolari bilan bog‘liq jarrohlik amaliyotlarining ba’zilari Sirdaryo viloyatidagi viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi, kardiologiya, onkologiya kabi tibbiyot muassasalarda o‘tkazilsa, murakkab amaliyotlar Toshkentdagi ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazlarida o‘tkaziladi.
Ana shunday murakkab amaliyotlardan bir nechtasi viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi nevrotravmatologiya bo‘limida, mahalliy va poytaxtlik mutaxassislar hamkorligida o‘tkazildi. “Temir daftar”ga kirgan fuqarolarning 8 nafarida chap oyoq boldir distal sohasi sinishi, ikkala chanoq son bo‘g‘imi konsartrozining 3-, 4- darajasi, tizza bo‘g‘imlari osteoartrozi bilan bog‘liq jarrohlik amaliyoti mahorat darsi asosida o‘tkazildi va ularga endoprotez vositalari qo‘yildi.
Shuningdek, tayanch va harakat a’zolari bilan bog‘liq muammosi bor fuqarolar uchun qabul ham tashkil etdi. Ikki kun mobaynida yuzdan ortiq fuqarolar tekshirilib, zarur tavsiya va ko‘rsatmalar berildi, amaliy yordam ko‘rsatildi.
– Ayni vaqtda, viloyatda travmatologiya yo‘nalishida jarrohlik amaliyotlariga muhtoj bo‘lgan va “Temir daftar”ga kiritilgan fuqarolar soni 68 nafarni tashkil etadi. Ularning sog‘ligi bilan bog‘liq muammoni imkon qadar viloyatda, Respublikamizdagi ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazlarining malakali mutaxassislarini jalb etgan holda o‘tkazishga harakat qilinmoqda.
Bu esa “Temir daftar”ga kirgan va jarrohlik amaliyotiga muhtoj bo‘lgan bemorlar va ularning yaqinlari uchun yana bir qulaylik bo‘ladi, – deydi «Mahalla” xayriya jamoat fondi Sirdaryo viloyat boshqaruvi raisi Bahodir To‘xtasinov. – Qolaversa, “Temir daftar”ga kirgan fuqarolar sog‘ligi bilan bog‘liq xarajatlar “Mahalla” xayriya jamoat fondi Sirdaryo viloyat bo‘limi qoshida tashkil etilgan “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi hisobidan qoplab berilmoqda.
Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
---|---|---|---|---|
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуриш | Ишонч телефони | 17 Noyabr 2023 | 27 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозилик | Веб-сайт | 14 Fevral 2024 | 20 Fevral 2024 | Jizzax viloyati |
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикаси | Веб-сайт | 13 Fevral 2024 | 27 Fevral 2024 | Surxondaryo viloyati |
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИ | Веб-сайт | 29 Aprel 2024 | 2 May 2024 | Toshkent viloyati |