2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Ommaviy qabullarda qanday muammolar hal etilyapti?

Prezident Xalq qabulxonalari tomonidan Andijon viloyatining Andijon, Bo‘ston, Asaka va Qo‘rg‘ontepa tumanlarida sayyor qabullar o‘tkazildi.

Qabullar doirasida hududlarda sayyor sudlar ham tashkil etilib, bunda muqaddam jinoyat sodir etib, hozir jazo muddatini o‘tayotgan, tuzalish yo‘liga qat’iy o‘tgan shaxslarning o‘talmay qolgan jazo muddatidan shartli ravishda ozod qilish bo‘yicha ichki ishlar organlari probatsiya guruhlari tomonidan kiritilgan taqdimnomalar ko‘rib chiqildi.

Salohiddin Mamajonov hamda Furqat Parpiyevlar ehtiyotsizlik oqibatida jinoyat sodir etib, ularga nisbatan jazo muqarrarligi ta’minlagan edi. Jazo muddatini o‘tab kelayotgan ushbu shaxslarning pushaymonligi, jazo muddatini o‘tash davrida qonunlarga to‘la rioya etganligi sayyor sudda inbatga olinib, qilmishlari kechirildi.

Qahramon Qorasherov ham bugun qilgan ishidan pushaymonda. Sodir etgan jinoyati uchun unga jazo muqarrarligi ta’minlagan. Ammo, tuzalish yo‘liga qat’iy o‘tganligi, halol mehnati bilan namuna bo‘lib, jazoni o‘tash davridagi xulq-atvori inobatga olinib, uning aybi ham sayyor sudda kechirildi.

Xurshid Qodirov Baliqchi tumanida tug‘ilgan. Firibgarlik jinoyati tufayli o‘tgan yilda sud qaroriga asosan ikki yil axloq tuzatish ishlari bo‘yicha jazo tayinlangan. Sayyor sud jarayonida belgilangan muddatning yarmi o‘tash davrida namunali xulqi, tuzalish yo‘lga o‘tganligi inobatga olinib, muddatidan oldin shartli ravishda ozod qilindi.

Oliy sud vakillari jinoyat, fuqarolik, ma’muriy, iqtisodiy ishlar bo‘yicha 345 nafar fuqaroni qabul qilgan bo‘lsa, 117 ta murojaat joyida ijobiy hal etilib, murojaatlar qanoatlantirildi, 198 ta murojaat bo‘yicha huquqiy tushuntirishlar berildi, 30 ta murojaat yuzasidan arizalar Oliy sud tomonidan kassatsiya tartibida hal qilish uchun qabul qilindi va tegishli sudlov hay’atiga ko‘rib chiqish uchun o‘tkazildi.

Bosh prokuratura vakillari qabuliga ham ko‘plab fuqarolar o‘z muammosiga yechim izlab keldi.

Tadbirkor Elyorbek Rayimjonovning faoliyatini yanada kengaytirish, yangi ish o‘rinlari yaratish niyatida ekani, ammo kredit olish muammo bo‘layotganini aytib qilgan murojaati ijobiy hal etildi. Unga bank tomonidan 30 million so‘m kam foizli kredit mablag‘i ajratib beriladigan bo‘ldi.

Baxtiyor Yo‘ldoshev Bo‘ston tumanining «Navro‘z» mahalla fuqarolar yig‘inidagi 100 o‘rinli maktabgacha ta’lim tashkilotidagi jihozlarni yangilash uchun bankdan kredit mablag‘i so‘ragan. 160 million so‘m kredit hadeganda chiqavermadi. Noiloj tadbirkor qabulda bo‘lib, holatni tushuntirdi. O‘rganishlar uncha ko‘p vaqt talab qilmadi, tadbirkorning krediti kunning ikkinchi yarmida ajratib beriladigan bo‘ldi.

Asakalik Mohinur Dehqonova yosh tadbirkor. U ishlab chiqarayotgan pishiriqlarini o‘zi yashayotgan «Tajriba» mahalla fuqarolar yig‘ini o‘ramida sotayotgandi. Mahsulotlari xaridorgir bo‘lganligi tufayli qisqa kursda o‘qib, bilim va malakasini yanada oshirdi. Shundan so‘ng, ish faoliyatini kengaytirib, yangi shogirdlar olishni niyat qilgandi. Buning uchun albatta mablag‘ kerak. Shu bois, ommaviy qabulga kelib, kredit olishda yuzaga kelgan muammoni hal etishda yordam so‘radi. Murojaat shu joyda o‘rganilib, hal etildi.

Ish topishda amaliy yordam so‘rab qabulga kelgan Madina Akbarova hamda Odina G‘ofurovlarning ham muammosi ijobiy hal etilib, ular tikuvchilik yo‘nalishida o‘z hududidagi trikotaj korxonasiga ishga qabul qilindi.  

Muxtasar qilib aytganda, Andijon viloyatida bo‘lib o‘tgan muloqotlar davomida 630 nafar fuqaroning 666 ta masalasi ko‘rib chiqilib, ularning 215 tasi joyida qanoatlantirildi, 254 murojaat tushuntirish va huquqiy maslahat berish orqali hal qilindi, 197 ta murojaat esa ijro uchun nazoratga olindi.

12.07.2021

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратишПрезидент почтаси6 May 202418 Sentabr 2024Navoiy viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикасиВеб-сайт13 Fevral 202427 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИВеб-сайт29 Aprel 20242 May 2024Toshkent viloyati

Foydali resurslar