Avval xabar berganimizdek, Toshkent shahrida bugun, 14-iyul sanasidan boshlab, sud-huquq masalalari bo‘yicha galdagi uch kunlik ommaviy qabullar boshlandi.
Fuqarolarni qiynab kelayotgan muammolarni aniqlab, joyida ijobiy hal etish, huquqiy jihatdan ko‘makka muhtoj bo‘lganlarga kerakli huquqiy yordam ko‘rsatish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining birinchi o‘rinbosari Baxtiyor Islamov va Oliy sud raisi Kozimjon Kamilov rahbarligidagi ishchi guruhlar joriy yilning avgust oyiga qadar Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida bo‘lib, murojaatchilar bilan yana bir bor muloqot o‘tkazadi. Bu haqda Toshkent shahar sudining Jamoatchilik va OAV bilan hamkorlik bo‘yicha bosh konsultanti Sadoqat Allaberganova xabar qildi.
Bugun Jinoyat ishlari bo‘yicha Yangihayot tuman sudida o‘tgan sayyor qabulda Oliy sud raisi o‘rinbosari Xalilillo To‘raxo‘jayev, Toshkent shahar sudi raisi Erkin Xodjakulov, Toshkent shahar ma’muriy sudi raisi Ulug‘bek Almamedov, Toshkent shahar sudi raisi o‘rinbosari – fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati raisi Shuhrat Abbasov, Toshkent shahar sudi raisi o‘rinbosari – jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati raisi Akbarali Turabov, Toshkent shahar sudi raisi o‘rinbosari – iqtisodiy ishlar bo‘yicha sudlov hay’ati raisi Maqsudbek Saidov va Sudyalar Oliy kengashi sudyalari, Oliy sud hamda Toshkent shahar sudining fuqarolik, jinoyat ishlari bo‘yicha, ma’muriy, iqtisodiy sudlarning raislari, sudyalari jami 81 nafar fuqaroning murojaatlarini qabul qilishdi.
Sayyor qabulda Yangihayot, Sirg‘ali, Yakkasaroy va Bektemir tumani fuqarolaridan kelib tushgan murojaatlardan 42 nafari jinoyat ishlari, 4 nafari ma’muriy huquqbuzarlik ishlar, 35 nafari esa fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlarga oid murojaatlarni tashkil etdi.
Shuningdek, jinoyat ishlari bo‘yicha 12 ta murojaat quyidagicha ijobiy hal etildi:
Bundan tashqari, Jinoyat ishlari bo‘yicha Yangihayot tuman sudi tomonidan,
Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
---|---|---|---|---|
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуриш | Ишонч телефони | 17 Noyabr 2023 | 27 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозилик | Веб-сайт | 14 Fevral 2024 | 20 Fevral 2024 | Jizzax viloyati |
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикаси | Веб-сайт | 13 Fevral 2024 | 27 Fevral 2024 | Surxondaryo viloyati |
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИ | Веб-сайт | 29 Aprel 2024 | 2 May 2024 | Toshkent viloyati |