2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Senatorlar aholini qiynayotgan muammolarni o‘rgandi

Nurafshon shahrida Senatning Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi raisi Kutbidin Burxanov va Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qo‘mitasi raisi Malika Kadirxanova va boshqa mutasaddilar ishtirokida fuqarolar uchun sayyor qabul o‘tkazildi.

Shuningdek, qabulda Toshkent viloyati prokuraturasi, viloyat Soliq boshqarmasi vakillari, viloyat Kengashi kotibiyati mudiri va boshqalar ham ishtirok etib, hududlardan kelgan 14 nafar fuqarolarning muammolari tinglandi.

Murojaatlarda asosan, moddiy ko‘mak olish, yer masalasidagi muammolar, hududlardagi sudlar qarorlariga e’tiroz, soliqdan qarzdorlik, uy-joylardagi kanalizatsiya tizimi, kommunal xizmatdagi uchrayotgan muammolardir. Aksariyat murojaatlar shu yerning o‘zida hal etilib, qolgan masalalar bo‘yicha tushuntirishlar berildi.

Shuningdek, Senat a’zolari, IIV Akademiyasi professori Sharif Qobilovlarning tuman Xalq deputatlari kengashi deputatlari va kotibiyat rahbar hamda a’zolari, doimiy komissiya a’zolari bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Unda Parkent tumani Xalq deputatlari kengashi a’zolari va doimiy komissiya a’zolari to‘g‘ridan-to‘g‘ri, Toshkent viloyatining qolgan tuman-shahar deputatlari, kotibiyat mudirlari va komissiya a’zolari videoaloqa vositasi orqali ishtirok etdi.

Uchrashuvda yangi tahrirdagi "Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni, Prezidentimizning 2021 yil 5 iyuldagi "Korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatda bo‘lish muhitini yaratish davlat va jamiyat boshqaruvida korrupsiyaviy omillarni keskin kamaytirish va bunda jamoatchilik ishtirokini kengaytirish to‘g‘risida"gi farmoni va "Korrupsiyaga qarshi kurashish faoliyatini samarali tashkil etishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘richida"gi qarori mazmun-mohiyati muhokama qilindi. Mazkur hujjatlarning ijrosini viloyat hududida nazorat qilish, aholiga tushuntirish yuzasidan fikr almashildi.

Shuningdek, xotin-qizlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash va gender tengligini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar, ularning xalqaro hamjamiyatlar tomonidan e’tirof etilayotgani borasida so‘z yuritildi.

17.07.2021

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратишПрезидент почтаси6 May 202418 Sentabr 2024Navoiy viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикасиВеб-сайт13 Fevral 202427 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИВеб-сайт29 Aprel 20242 May 2024Toshkent viloyati

Foydali resurslar