2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Xalq ta’limi vaziri Samarqanddagi ta’mirlanayotgan maktablarni borib ko‘rdi

Samarqandda joriy yilda respublika investitsiya, “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlari hamda Prezidentimizning shu yil 15-16 aprel kunlari viloyatga tashrifi davomida bergan topshiriqlari asosida 97 ta maktabda rekonstruksiya va mukammal ta’mirlash ishlari olib borilmoqda. Jumladan, 2 ta yangi maktab qurilayotir.

Xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatov Samarqandda bo‘lib, ushbu maktablarda olib borilayotgan qurilish jarayonlari bilan tanishdi, deb xabar bermoqda viloyat xalq ta’limi boshqarmasi axborot xizmati.

Samarqand shahridagi 40-umumta’lim maktabida 1511 nafar o‘quvchi ta’lim oladi. Ayni paytda maktabning 824 o‘rinli binosi hamda sport zali mukammal ta’mirlanmoqda. Shuningdek, shahardagi 14-umumta’lim maktabining 920 o‘rinli binosida ham bugungi kunda 5 milliard 100 million so‘m miqdoridagi mukammal ta’mirlash ishlari olib borilmoqda.

Xalq ta’limi vaziri quruvchilar va maktablar rahbarlari bilan suhbatlashib, har bir ob’ektning sifatli qurilishi va o‘z vaqtida foydalanishga topishirilishi yuzasidan fikrlashib oldi.

Shuningdek, Sherzod Shermatov viloyat xalq ta’limi boshqarmasi va tuman, shahar bo‘limlari rahbarlari bilan yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik masalalarini muhokama qildi.

18.07.2021

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратишПрезидент почтаси6 May 202418 Sentabr 2024Navoiy viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикасиВеб-сайт13 Fevral 202427 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИВеб-сайт29 Aprel 20242 May 2024Toshkent viloyati

Foydali resurslar