Termiz shahridagi Bobur nomli istirohat bog‘ida Surxondaryo viloyati hokimi To‘ra Bobolov fuqarolar uchun sayyor qabul o‘tkazdi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining viloyatdagi Xalq qabulxonasi bilan hamkorlikda tashkil etilgan ochiq muloqotda sektorlar, mutasaddi tashkilot va korxonalar rahbarlari ishtirok etdi.
–Prezidentimiz raisligida joriy yilning 23 iyul kuni aholi murojaatlari bilan ishlash tizimini yangicha tashkil qilish chora-tadbirlari bo‘yicha videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi, ¬– dedi viloyat rahbari.¬ – Unda aholi murojaaatlari bilan ishlashning bugungi holati chuqur tahlil qilinib, galdagi vazifalarimiz belgilab berildi. Shunga asosan endilikda odamlarni murojaat etishga majbur qilayotgan masalalarni mahallaning o‘zida bartaraf qilishga e’tiborni yanada kuchaytiramiz. Sizlarning dardu-tashvishingiz bilan yashab, duch kelayotgan muammolaringizni yechishga ko‘maklashishni barcha darajadagi rahbarlarning muhim vazifalaridan biriga aylantiramiz. Bugun ham oralaringizda ichimlik suvi, tabiiy gaz va uy-joy bilan bog‘liq muammolar bilan kelgan fuqarolarimiz bo‘lsa kerak. Toza ichimlik suvi va Termiz shahrida aholi duch kelayotgan tabiiy gaz ta’minoti bilan bog‘liq masalani davlatimiz rahbari joriy yilning 1-2 iyun kunlari viloyatimizga tashrifi chog‘ida hal etib berdilar. To‘palang daryosidan quvur tortilib, aholining suv masalasidagi murojaatlariga yechim topiladigan bo‘ldi. Viloyat markazida tabiiy gaz ta’minotini tubdan yaxshilash uchun 91 milliard so‘m mablag‘ ajratilib, qo‘shimcha quvur tortishga kirishildi. Turar-joy bilan bog‘liq muammolaringizni ham bosqichma-bosqich hal etamiz.
Qariyb 8 soat davom etgan ochiq muloqot chog‘ida fuqarolar elektr energiyasi, toza ichimlik suvi, gaz ta’minoti, bandlik, tibbiy xizmat, kredit olish, o‘z biznesini yo‘lga qo‘yish uchun yer ajratish, moddiy yordam ko‘rsatish kabi masalalarda murojaat etib, muammolarni o‘rtaga tashladi. Jumladan, Termiz shahridagi Majnuntol mahallasida yashovchi Gulshirin Sodiqova bir farzandni kamolga yetkazayotgani, biroq uch yildan buyon hech qayerda ishlamayotgani uchun farzandini moddiy ta’minlashda yetishmovchilikka duch kelayotganini aytdi. Mutaxassisligi bo‘yicha ishga joylashishda yordam so‘radi. Bu masala mutasaddilar ishtirokida tezda ko‘rib chiqilib, joyida hal etildi.
–To‘g‘risini aytsam sayyor qabulga keldim¬u, lekin shu yerning o‘zida darhol masalam hal bo‘ladi, deb o‘ylamagan edim, – ¬deydi G. Sodiqova.¬ –“Surxonsanoat qurilish” kompaniyasi kadrlar bo‘limiga ishga joylashadigan bo‘ldim. Shu yerning o‘zida kompaniya mutasaddilari kelgusi haftadan ishga chiqishimni aytishdi. Aholi muammolarini yechishda sayyor qabulning eng samarali tizim ekanini chuqur his etib, endi hayotimiz tubdan o‘zgarishiga ishonchim yanada oshdi. Biz, fuqarolar uchun bunday imkoniyatni yaratib bergan Prezidentimizdan minnatdorman.
Amu sohili mahallasilik Dilnoza Pardayeva ikki yildan buyon bosh og‘riq kasalidan aziyat chekib keladi. Davolanish uchun esa qo‘li kaltalik qilgan. Sayyor qabulda u shu masalada ko‘mak so‘rab, viloyat hokimiga murojaat etdi. Viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi mutasaddilari shu yerning o‘zida D. Pardayeva bilan suhbatlashib, unga tegishli yordamni ko‘rsatdi. Boshi tomagrafiya yordamida bepul ko‘rikdan o‘tkazildi.
– Tomagrafiya xulosasi bilan tanishgan tajribali shifokorlar menga tashxis qo‘yib, tegishli maslahatlarini berdi,¬ – deydi D. Pardayeva.¬ – Bepul dori-darmon berib, shirin so‘zlar bilan ko‘nglimni ko‘tardi. Dorilardan to‘g‘ri foydalanish bo‘yicha tavsiyalarini bildirdi. Sog‘ligimni tiklash uchun ko‘rsatilgan bunday yordamdan boshim ko‘kka yetdi.
Sayyor qabulda uch yuzga yaqin fuqaroning 360 dan ortiq murojaati tinglanib, mutasaddilar ishtiriokida ularni joyida hal etish yo‘llari izlandi. 60 dan ortiq masalaga shu yerning o‘zida yechim topildi. Yechimi vaqt talab etadigan masalalar bo‘yicha aniq muddat belgilanib, ijrosi qatiy nazoratga olindi.
Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
---|---|---|---|---|
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуриш | Ишонч телефони | 17 Noyabr 2023 | 27 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозилик | Веб-сайт | 14 Fevral 2024 | 20 Fevral 2024 | Jizzax viloyati |
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикаси | Веб-сайт | 13 Fevral 2024 | 27 Fevral 2024 | Surxondaryo viloyati |
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИ | Веб-сайт | 29 Aprel 2024 | 2 May 2024 | Toshkent viloyati |