Davlatimiz rahbari tomonidan 2018 yilda ilgari surilgan «Obod qishloq», «Obod mahalla» dasturlarini hayotga tatbiq etish tashabbusi bilan yurtimizda obodonlashtirishning yangi samarali bosqichi boshlandi.
2021 yil uchun qabul qilingan «Obod qishloq» va «Obod mahalla» dasturlari doirasida aholi punktlarini obodonlashtirish, ichimlik suvi va elektr energiyasi tarmoqlari, mahalliy va ichki yo‘llarni qurish-ta’mirlash bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar belgilangan va ayni kunlarda ushbu yo‘nalishda qizg‘in ishlar olib borilmoqda.
Ushbu yo‘nalishda bugun Surxondaryo viloyatining ichimlik suv ta’minoti yetib bormagan 69 ta mahallasida 229 ming 532 nafar aholini ichimlik suvi bilan ta’minlash maqsadida Xitoydan olib kelingan 25 ta "SHACMAN" rusumli maxsus suv tashish avtomashinalari foydalanishga topshirildi.
Endilikda Angor tumanining «Yuqori Tallimaron», «To‘lqin», «Kattaqum», «Madaniyat», «Markaz», «Kayron», «Qadimiy Angor», «Qo‘shtegirmon», «Dehqonittifoq», «Farovon» mahallalarida 36583 nafar;
Boysun tumanining «Qizilnavr», «Tillakamar», «Dahnaijom», «Munchoq», «Chilonzor», «Boshrabot», «Dehibolo» mahallalarida 16920 nafar;
Jarqo‘rg‘on tumanining «Yoshlik», «Matonat», «Oftobqo‘rg‘on» mahallalarida 6619 nafar;
Qumqo‘rg‘on tumanining «Nurli diyor», «Jaloir», «Guliston» mahallalarida 12645 nafar;
Qiziriq tumanining «Mustaqillik», «Istara», «Karmaki», «Qishloqozon», «Navro‘z», «Takiya», «Tinchlik», «Xomkon» mahallalarida 15775 nafar;
Bandixon tumanining «Qaldirg‘och», «Bahoriston», «Saroy», «Obod turmush», «Polvontosh» mahallalarida 17007 nafar;
Oltinsoy tumanining «Zardako‘l», «Qo‘sharcha», «To‘xtamish», «Chinor» mahallalarida 11325 nafar;
Muzrabod tumanining «Fidokor», «Buyuk ipak yo‘li», «Olmazor», «Alpomish», «Guliston» mahallalarida 18405 nafar;
Sherobod tumanining «Sherobod», «Mehrobod», «Kattabog‘», «Oqtepa», «Nurtepa», «Istiqbol», «Oyinli» mahallalarida 28081 nafar;
Uzun tumanining «Saxovat», «Xursand», «Yangi obod», «Toltug‘ay» mahallalarida 13619 nafar;
Termiz tumanining «Orol», «Xalqobod», «Quyoshli yurt» mahallalarida 9270 nafar;
Sariosiyo tumanining «Humoyun», «Chilonzor», «Kelajak sari» mahallalarida 12983 nafar;
Sho‘rchi tumanining «Oliy himmat», «Ezgulik», «Qora ariq», «Oynako‘l», «Qo‘shtegirmon», «Sakson kapa», «Baxttepa» mahallalarida 30300 nafar aholi ichimlik suvi yetkazib beriladi.
Avtomashinalarni tantanali topshirish marosimida O‘zbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vaziri o‘rinbosari Botir Parpiyev, «O‘zsuvta’minot» AJ boshqaruvi raisi Sohib Saifnazarov, va Surxondaryo viloyat hokimi To‘ra Bobolovlar ishtirok etishdi.
Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
---|---|---|---|---|
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуриш | Ишонч телефони | 17 Noyabr 2023 | 27 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозилик | Веб-сайт | 14 Fevral 2024 | 20 Fevral 2024 | Jizzax viloyati |
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикаси | Веб-сайт | 13 Fevral 2024 | 27 Fevral 2024 | Surxondaryo viloyati |
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИ | Веб-сайт | 29 Aprel 2024 | 2 May 2024 | Toshkent viloyati |