Andijon viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i, polkovnik A. Rahmatullayev Bo‘ston tumanida sayyor qabul o‘tkazdi.
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev raisligida joriy yil 23 iyul kuni aholi murojaatlari bilan ishlash tizimini yangicha tashkil qilish chora-tadbirlari bo‘yicha o‘tkazilgan videselektor yig‘ilishida joylarda aholi murojaatlari bilan ishlashning yangicha tizimini shakllantirish, odamlarni murojaat qilishga majbur etayotgan muammolarni mahallaning o‘zida bartaraf qilish kerakligi, bu borada amalga oshirilishi muhim ishlar yuzasidan vazifalar belgilab berilgan edi.
Ana shu vazifalardan kelib chiqib viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i tomonidan Bo‘ston tumani Tafakkur mahalla fuqarolar yig‘inida o‘tkazilgan sayyor qabulda 120 nafarga yaqin fuqaroning murojaati ko‘rib chiqildi.
Bo‘ston tumani hokimi, sektor rahbarlari, mutasaddi tashkilotlar rahbarlari ishtirok etgan uchrashuvda mamlakatimizda xotin-qizlar va yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning muammolarini hal etish, o‘z imkoniyatlarini to‘laqonli yuzaga chiqarishlari uchun keng imkoniyatlar yaratib berilayotganligi ta’kidlandi.
Fuqarolar asosan, sog‘liqni saqlash, ishga joylashish, uy-joy, moddiy yordam, yo‘llarni ta’mirlash, toza ichimlik suvi bilan ta’minlash, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash masalalarida murojaat qildi. Qabulda 45 nafar fuqaroning muammosi shu joyning o‘zida hal etildi.
– Mutaxassisligim bo‘yicha ishga joylashishga yordam so‘rab murojaat qilgan edim, – deydi Bo‘ston tumani Sarbon mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi Mavjudaxon Yo‘ldosheva. – Murojaatim ijobiy hal etildi. Men tumandagi 8- umumta’lim maktabiga informatika fani o‘qituvchisi bo‘lib ishga joylashadigan bo‘ldim.
Tumandagi Tafakkur mahallasi Sog‘lom avlod ko‘chasida yashovchi Mahiraxon Abduraufova esa o‘zi yashayotgan mahalla ko‘chasini shag‘allashtirish masalasida murojjat qildi. Uning murojaati ham ijobiy hal etildi. Shu kunning o‘zida ko‘chani shag‘allashtirish ishlari boshlandi.
Qabul davomida 35 nafar fuqaroning ijrosi ma’lum muddat talab etadigan murojaatlarini o‘rganish va ijrosini ta’minlash bo‘yicha mutasaddi tashkildotlar rahbarlariga topshiriqlar berilib, ijrosi nazoratga olindi.
Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i Bo‘ston tumanining boshqa mahallalarida ham reja asosida sayyor qabullar o‘tkazadi.
Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
---|---|---|---|---|
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуриш | Ишонч телефони | 17 Noyabr 2023 | 27 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозилик | Веб-сайт | 14 Fevral 2024 | 20 Fevral 2024 | Jizzax viloyati |
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикаси | Веб-сайт | 13 Fevral 2024 | 27 Fevral 2024 | Surxondaryo viloyati |
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИ | Веб-сайт | 29 Aprel 2024 | 2 May 2024 | Toshkent viloyati |