Bugun yurtimizning har bir go‘shasida bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari avj olgan.
Maqsad, aholining turmush farovonligini yaxshilash, qulay sharoitlar yaratish.
Bu borada Qashqadaryo viloyatida ham muayyan ishlar olib borilmoqda. Xususan, viloyat markazi hisoblangan Qarshi shahridagi Arabxona va Mag‘zon mahallalarida “Obod mahalla” dasturi doirasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Eng muhimi, bu kabi bunyodkorlik ishlari mahalla kayvonilari tomonidan jamoatchilik nazorati o‘rnatilgan tartibda davom etmoqda.
Viloyat hokimligi tomonidan tuzilgan ishchi guruh mahalla oqsoqollari ishtirokida ikkala mahallada olib borilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdi.
Arabxona mahallasida 10 ming nafarga yaqin aholi istiqomat qiladi. Qariyb 100 yillik tarixga ega mazkur mahalla uzoq yillar mobaynida e’tibordan chetda qolib, hududda qator muammolar yig‘ilib qolgan edi. Joriy yilda mahallaning “Obod mahalla” dasturiga kiritilgani aholining hayot darajasi va sifatini yaxshilash, hudud infratuzilmasini rivojlantirish, ichimlik suvi, yo‘l, elektr energiya, tabiiy gaz bilan bog‘liq muammolarni hal etish imkonini yaratdi. Buning uchun 25 milliard so‘m mablag‘ ajratildi. Hozir mahallada dastur doirasida keng ko‘lamdagi qurilish va bunyodkorlik ishlari davom etmoqda.
Jumladan, dastur doirasida ayni paytga qadar 1 kilometr asfalt, 4 kilometr qum-shag‘al qorishmasi belgilangan ko‘cha va yo‘llarga yotqizildi. 4,9 kilometr masofaga ichimlik suvi quvurlari yotqizilib, aholi xonadonlariga ulash ishlari olib borilmoqda. 7,782 kilometr elektr uzatish tarmoqlari yangilanib, 213 dona beton ustun va 6 dona transformator o‘rnatildi. Aloqa va axborotlashtirish sifatini yaxshilash maqsadida 1 kilometr masofaga optik tolali aloqa liniyasi tortildi. 1,2 kilometr piyodalar yo‘lakchasi barpo etilib, 50 dona tungi yoritish moslamasi o‘rnatildi.
“Obod mahalla” shtabida mas’ullar hamda jamoatchilik vakillari bilan o‘tkazilgan uchrashda hududda dastur doirasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi. Ta’kidlandiki, dastur yakuniga qadar mahallada 15 kilometr asfalt yotqiziladi. Elektr energiyasi ta’minotini yaxshilash uchun 419 ta beton ustun o‘rnatiladi, 6 ta transformator yangilanadi. Shuningdek, 168 ta tungi yoritgich o‘rnatish belgilangan. Isimlik suvi ta’minotini yaxshilash borasida ham xayrli ishlar boshlab yuborilgan.
Muloqot jarayonida dastur doirasida belgilangan ishlarni jadallashtirish, shu bilan birga uning sifatiga e’tibor qaratish bo‘yicha mutasaddi tashkilotlarga zarur topshiriqlar berildi. Buning uchun jamoatchilik vakillari tomonidan jamoatchilik nazorati o‘rnatilishi kerakligi aytildi. Shundan so‘ng mas’ullar mahalladagi 36-,37-sonli maktablarda olib borilayotgan kapital ta’mirlash va qurilish ishlari bilan ham tanishdi. Hozirda 36-maktabda 4 milliard 100 million so‘mlik qayta rekonstruksiya ishlari olib borilmoqda. 37-maktabda esa 3 milliard 333 million so‘mlik ta’mirlash ishlari amalga oshirilmoqda. Qolaversa, mazkur maktab yonidan qo‘shimcha ravishda 260 o‘rinlik yangi o‘quv binosi ham barpo etilayapti. Quruvchilarga maktablarda o‘qish jarayonlari boshlanishiga oz fursat qolayotgani, shu bois qurilish va ta’mirlash ishlarini tezroq oxiriga yetkazish kerakligi aytildi.
Mas’ullarning keyingi manzili Qarshi shahrida joylashgan “Mag‘zon” mahalla fuqarolar yig‘ini bo‘ldi. Mazkur mahallada ham “Obod mahalla” dasturi doirasidagi ishlar olib borilmoqda.
Viloyat hokimining o‘rinbosari Akbar Eshonqulov “Mag‘zon” mahallasi “Obod mahalla” shtabida mas’ullar va jamoatchilik vakillari bilan uchrashib, hududda dastur doirasida amalga oshirilayotgan ishlarni o‘rganib, bu borada jamoatchilik vakillarining takliflarini eshitdi. Mahallada ichimlik suv, elektr energiyasi, gaz ta’minoti va yo‘l infratuzilmasini yaxshilash bo‘yicha bajarilgan va bundan keyin qilinishi lozim bo‘lgan ishlar muhokama etildi.
Hududda dastur ijrosini ta’minlash maqsadida 19 milliard 842 million so‘m mablag‘ ajratilgan. Shundan 5 milliard 163 million so‘m mablag‘ yo‘l qurilishi ishlariga, 1 milliard 100 million so‘m mablag‘ esa ichimlik suvi ta’minotini yaxshilash uchun yo‘naltirilmoqda.
Mas’ullar tomonidan mahalla hududidagi ijtimoiy soha ob’ektlarini qurish va ta’mirlash ishlari bilan bog‘liq holatlar ham o‘rganilib, bu boradagi ishlarni jadallashtirish lozimligi aytildi. Shundan so‘ng mahalladagi 28-umumiy o‘rta ta’lim maktabida olib borilayotgan qurilish va ta’mirlash ishlari ko‘zdan kechirilib, loyihachi hamda quruvchilarga ishning sifatiga e’tibor qaratish bo‘yicha tavsiyalar berildi. Hozirda 631 nafar o‘quvchi tahsil olayotgan mazkur maktabda 2 milliard 229 million so‘mlik kapital ta’mirlash ishlari olib borilayapti. Ahamiyatlisi, mahallada “Obod mahalla” dasturi asosida amalga oshirilayotan bunyodkorlik, obodonchilik ishlaridan aholi
Shuningdek, mas’ullar Qarshi shahrining “Mustaqillik” shoh ko‘chasida piyodalar va velosipedlar uchun barpo etilayotgan salomatlik yo‘lakchasi qurilishi jarayonini ko‘zdan kechirdi. Unda ishtirok etgan viloyat hokimi Zoyir Mirzayev loyihachi va quruvchilarga o‘z tavsiyalarini berdi.
Ma’lumot o‘rnida, “Pudina quvonch” MCHJ quruvchilari tomonidan barpo etilayotgan salomatlik yo‘lakchasi 3,5 kilometrni tashkil etib, uni qurish uchun 12 milliard so‘m ajratilgan. Kelgusida salomatlik yo‘lakchasi yonida aholining jismoniy tarbiya bilan shug‘ullanishi uchun “WorkOut”lar ham tashkil etiladi.
Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
---|---|---|---|---|
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуриш | Ишонч телефони | 17 Noyabr 2023 | 27 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозилик | Веб-сайт | 14 Fevral 2024 | 20 Fevral 2024 | Jizzax viloyati |
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикаси | Веб-сайт | 13 Fevral 2024 | 27 Fevral 2024 | Surxondaryo viloyati |
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИ | Веб-сайт | 29 Aprel 2024 | 2 May 2024 | Toshkent viloyati |