2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Qovchin va Podaron ham hademay obod qishloqlarga aylanadi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Obod qishloq” dasturini 2018 yilda amalga oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora- tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori asosida amalga oshirilayotgan “Obod qishloq” dasturi doirasida ayni paytda joylarda katta hajmdagi bunyodkorlik ishlari olib borilmoqda.

Qarshi tumanidagi Qovchin va Podaron qishloqlari ham dastur doirasiga tushgan hududlarning manzilli ro‘yxatiga kiritilgan bo‘lib, unga ko‘ra, mazkur qishloqlarda bu yil qariyb 15 milliard so‘mlik qurilish va obodonlashtirish ishlari amalga oshirilishi rejalashtirilgan.

Dastur doirasida Qovchinda 208 ta, Podaronda 100 ta uy-joylarni ta’mirlash, ularning tomini, tashqi ko‘rinishini o‘zgartirish, yon-atrofini obodonlashtirish ko‘zda tutilgan va ayni kunlarda mazkur ishlar qizg‘in tarzda olib borilmoqda.

Uy-joylar atrofidagi rejasiz qurilishlar o‘rnida yangidan yordamchi binolar, tandirxonalar qurilmoqda. Qishloqlarning ichki yo‘llari va piyodalar yo‘laklarini barpo etish va ta’mirlash uchun jami 9 kilometr yo‘llarni qurish, rekonstruktsiya qilish va ta’mirlash mo‘ljallanmoqda.

Uy-joylarni ta’mirlashda xonadon egalariga amaliy yordam ko‘rsatish, avvalambor ularni arzon va sifatli qurilish materiallari bilan ta’minlash, ishlab chiqaruvchilar uchun elektr energiyasi va gaz etkazib berishda preferentsiyalar nazarda tutilgan.

- Qovchinning “Obod qishloq” dasturiga kiritilganligi bizni juda ham quvontirdi, - deydi tadbirkor Alisher Hayitov. - Biz ham jamoamiz bilan qishlog‘imiz obodligiga o‘z hissamizni qo‘shishni maqsad qildik. Yangi qurilayotgan tsexlarimiz bitgach, 30 dan ortiq ishchi o‘rni yaratiladi. Qolaversa, ko‘chalarni obodonlashtirish ishlariga ham ko‘maklashish niyatidamiz.

 Hozirda "Potron" qishlog‘ida dastur doirasida aholining elektr tokiga bo‘lgan ehtiyojini to‘liq ta’minlash maqsadida 2 yangi ta transformator o‘rnatildi. Hozirgi vaqtda qishloq  aholisini toza ichimlik suv bilan ta’minlash maqsadida 7 kilometr masofada vodoprovod quvuri tortilmoqda.

Dastur doirasida amalga oshirilayotgan  ishlar yurtdoshlarimizni yanada faollikka undab, mamlakatimizning har bir go‘shasini obod qilish g‘oyasi atrofida birlashtirishi shubhasiz. Bunday sa’y-harakatlar pirovardida yurtimiz qishloqlari, xususan Qovchin va Podaron ham hademay obod va fayzli manzillarga aylanadi.

21.09.2018

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратишПрезидент почтаси6 May 202418 Sentabr 2024Navoiy viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикасиВеб-сайт13 Fevral 202427 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИВеб-сайт29 Aprel 20242 May 2024Toshkent viloyati

Foydali resurslar