2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Sirdaryo viloyati hokimi tadbirkorlar bilan uchrashdi, ba’zi muammolar yechim topdi

Sirdaryo viloyati hokimi, senator G‘ofurjon Mirzayev tashabbusi bilan Respublika markaziy bankining Sirdaryo viloyat Bosh boshqarmasida ochiq muloqot o‘tkazilib, unda tadbirkor va ishbilarmonlarning muammolari o‘rganildi va takliflari tinglandi.

Unda murojaatlarni tezkorlik bilan bartaraf etish, samaradorlikni oshirish uchun viloyat sektor rahbarlari, hokim o‘rinbosarlari, sohaga daxldor idora, korxona va muassasalar rahbarlari ham ishtirok etdi.  

Yurtimizda tadbirkorlikni rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash maqsadida olib borilayotgan izchil islohotlar, tadbirkorlarga yaratilayotgan qulayliklar, berilayotgan imtiyozlar sabab, viloyatda tadbirkor va ishbilarmonlar soni ham ortib bormoqda.

Tadbir davomida qariyb 200 nafardan ortiq tadbirkor va o‘z biznesini boshlash istagida bo‘lgan fuqarolarning 250 ga yaqin murojaati ko‘rib chiqildi. Tadbirkor va ishbilarmonlar banklar tomonidan kredit ajratilishida kechikishlar, faoliyatini kengaytirish uchun qo‘shimcha yer maydoni ajratish, ishlab chiqargan mahsulotiga xaridor topish, ko‘rsatilgan xizmatlar uchun to‘lovlarni undirishda ko‘maklashish, elektr energiyasi kuchlanishi pastligidan ishlab chiqarish jarayonlarida sodir bo‘layotgan qisqa muddatli uzilishlarni bartaraf etish yuzasidan amaliy yordam so‘radi. Bundan tashqari sohalarni rivojlantirish, istiqbolli rejalarni amalga oshirishga doir bir qator taklif va fikrlar bildirildi.

Bildirilgan murojaatlarning aksariyati banklardan kredit olishda yuzaga kelayotgan muammolar bo‘lgani inobatga olinib, banklar faoliyati tahlil qilindi. bugungi kunda ko‘plab tadbirkorlik sub’ektlari, yuridik shaxslar tomonidan olingan kreditlar o‘z vaqtida qaytarilmayotganligi banklarning aylanma mablag‘iga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgani ochiqlandi. Kredit olish masalasidagi muammolarning asosiy sabablaridan biri ayrim loqayd, e’tiborsiz mijozlar qarzdorliklari tufayli banklarning milliardlab mablag‘lari o‘rni qoplanmay qolayotgani oydinlashdi. Bu borada tadbir ishtirokchilariga batafsil ma’lumot berildi. Shundan so‘ng, muammolarni hal etish bo‘yicha bank va tegishli mutasaddi tashkilot rahbarlariga aniq ko‘rsatma va topshiriqlar berildi.

Muddat talab etadigan muammolar yuzasidan tegishli tartibda chora-tadbirlar belgilandi. Qonuniy yechimga ega bo‘lmagan ba’zi masalalarga huquqiy maslahatlar berildi.

Mirzaobodlik tadbirkor, Farhod Ermatov tumanning Mirzacho‘l hududidan o‘tuvchi Toshkent-Termiz katta magistral yo‘li atrofida “Qovunchilik milliy brendi”ni keng targ‘ib etish maqsadida qovun mahsulotlarini saqlash uchun maxsus omborxona, savdo ob’ektlari Sardoba suv toshqini vaqtida talofat ko‘rganligi bois, ushbu talofat oqibatlarini bartaraf etish, turizimni rivojlantirish uchun yangidan bunyod etilayotgan “Turizim kompleksi”ga toza ichimlik suvi keltirishda amaliy yordam so‘radi. Hokim ushbu masalani o‘rganib chiqish, toza ichimlik suvi liniyasi bilan bog‘liq muammoni bartaraf etish yuzasidan viloyat “Suvoqova”korxonasiga topshiriq berdi.

Oqoltinlik tadbirkor, “TRADE AGRO” ma’suliyati cheklangan jamiyati rahbari Murodjon Mamadaliyev esa tadbirkorlikni rivojlantirish, faoliyatini kengaytirish uchun tuman xududidan 1,5 gektar yer ajratishda amaliy yordam so‘radi. Bu masalaga shu joyning o‘zida yechim topildi. Unga tuman hududidan yer beriladigan bo‘ldi.

02.08.2021

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратишПрезидент почтаси6 May 202418 Sentabr 2024Navoiy viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикасиВеб-сайт13 Fevral 202427 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИВеб-сайт29 Aprel 20242 May 2024Toshkent viloyati

Foydali resurslar